Ma’naviyat va ma’rifat markazi Do‘stlik tuman bo‘linmasi maktabgacha va maktab ta’limi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari doirasida fotoko‘rgazma va davra suhbatlari o‘tkazmoqda.
Belgilangan jadval asosida uyushtirilayotgan navbatdagi tadbir mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi va umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari ishtirokida tumandagi G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi.
***
Jizzax viloyatida qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, ob’ektlarning muddatida va sifatli topshirilishi nazoratga olingan holda byudjet mablag‘lari maqsadli ishlatilishi doimiy o‘rganib borilmoqda.
Jizzax viloyat prokurori B.Ibrohimov tomonidan Sharof Rashidov tumani “Oqtosh ota” MFYda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massividagi ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p qavatli turarjoylarning qurilishi ahvoli o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mas’ullarga yuzaga kelayotgan muammolarni qisqa muddatda hal etish va qurilishi kechikayotgan ob’ektlarni foydalanishga topshirish bo‘yicha qisqartirilgan grafik asosida ishlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
***
Jizzax shahrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari, yakka va ko‘p qvartirali uy-joylarning kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni hal etish bo‘yicha viloyat prokuraturasida 24 soatlik ish tartibida faoliyat ko‘rsatadigan shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Shtabda ishni to‘liq onlayn video kuzatuvi ostida uzluksiz nazorat qilish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, bu kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni darhol bartaraf etishga xizmat qiladi.
***
O‘zbekiston “Ko‘zi ojizlar” jamiyati Yangiobod tuman bo‘limi tashabbusi bilan “Butunjahon ko‘zi ojizlar kuni”ga bag‘ishlab shaxmat va shashka musobaqasi tashkil etildi.
Yangiobod tumani hokimligi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman bo‘limi hamkorligida uyushtirilgan ushbu musobaqada jamiyat a’zolari faol ishtirok etdi.
Qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tgan musobaqa so‘nggida g‘oliblar va faol ishtirokchilarga O‘zbekiston “Ko‘zi ojizlar” jamiyati Yangiobod tuman bo‘limining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
***
G‘allaorol tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik A.Jalolov 3-sektor hududidagi “Marjonbuloq” MFYda “Mahalla – Sektor – Xalk kabulxonasi” tamoyili asosida aholini qiynab kelayotgan muammolar, ichki ishlar tizimi bilan bog‘liq murojaatlarni tinglash, mas’ullar bilan ularning yechimini izlash maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolarning yaroqsiz ahvoldagi sim yog‘ochlarni almashtirish, ichki yo‘llarga shag‘al to‘kish, ishga joylashtirish va subsidiya asosida mehnat quroli olishda amaliy yordam olish hamda boshqa masalalardagi murojaatlari tinglandi.
Mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilgan murojaatlarning aksariyatiga ijobiy yechim topildi.
Ayrimlarga huquqiy tushuntirish berildi hamda ijrosi qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
[gallery-20252]
A.Qayumov, O‘zA muxbiri