Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
12:05 / 2024-11-06

Jizzax viloyatida “Jadidlar izidan” respublika ko‘rik-tanlovining shahar va tuman bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

Paxtakor tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash hamda vatanparvarlik ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida “Jadidlar izidan” respublika tanlovining tuman bosqichi murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.

[gallery-20206]

Tanlov 6-8 va 9-10-sinflari o‘quvchilari o‘rtasida ikkita shart asosida o‘tkazildi. Tanlov yakunlari bo‘yicha g‘olib o‘quvchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

***

Joriy yilning oktyabr oyida Prezidentimiz raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yuklatilgan vazifalar ijrosi doirasida Do‘stlik tumani Mevazor mahallasida “Yoshlar bog‘i” tashkil etilmoqda.

“Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida tashkil etilayotgan mazkur bog‘ mahalladan oqib o‘tuvchi kanal atrofida barpo etiladi. Bugunga qadar kanal atrofida bunyodkorlik ishlarining asosiy qismi bajarib bo‘lindi. Mazkur bog‘da aholining maroqli dam olishi uchun qulay sharoit yaratiladi.

***

Prezidentimizning 2023 yil 16 maydagi qarori  asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida seysmik xavfsizlikni ta’minlash, aholining zilzilada harakat qilishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” o‘tkazilmoqda.  

Haftalik doirasida Mirzacho‘l, Paxtakor hamda Sharof Rashidov tumanlarida FVB xodimlari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari va tashkilotlarda   zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish va favqulodda vaziyatlar paytida nimalar qilish kerakligi bo‘yicha profilaktik tadbirlar va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilayotir.

***

Jizzax viloyat IIB JXX JTSB kinologiya bo‘linmasi tomonidan Jizzax shahridagi “O‘rda” ekologik bog‘i hamda “Yoshlar shaharchasi”da ko‘rgazmali targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi.

Tadbirda fuqarolarga IIOning kinologiya xizmati faoliyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, xizmat itlarini tayyorlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy bo‘ysunuvchanlik va himoya-qorovul ko‘nikmalari bo‘yicha tayyorlash pullik xizmatlar asosida amalga oshirilishi tushuntirildi.  

Tadbir davomida kinologiya xizmat itlari yordamida umumiy va maxsus kurs yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rgazma namoyish etildi. Xususan, xizmat itlarining buyruqlarni bajarishi, iz olishi, giyohvandlik vositalarini qidirib topishi ko‘nikmalari ko‘rsatildi.

***

Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda o‘quvchilarning kuzgi ta’tilini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Kitoblar olamiga sayohat” mavzusida kutubxona bo‘ylab sayohat tashkil etildi.  

Ekskursiya davomida ishtirokchilarga kutubxona mutaxassislari tomonidan axborot-kutubxona markazidagi xizmatlar faoliyati, kitoblar fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar kutubxonaning barcha xizmatlari, kitob ko‘rgazmalari va kutubxona yangiliklari bilan yaqindan tanishtirildi.

A.Qayumov,

O‘zA muxbiri