Paxtakor tumani sektorlari rahbarlari tomonidan tumandagi “Bog‘ishamol”, “Chamanzor”, “Suvonobod”, “G‘alaba” mahalla fuqarolar yig‘inlarining xorijdagi emigrant yoshlari bilan videomuloqot tashkil etildi.
Samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan muloqotda tuman hokimi xorijdagi emigrantlarning sharoitlari bilan qiziqib, o‘z navbatida tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yangidan barpo etilayotgan korxonalarda yaratilayotgan doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari, yoshlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishi uchun ajratilayotgan yer maydonlari xususida gapirdi.
Paxtakor tumani hokimligi binosida bo‘lib o‘tgan videomuloqotda tuman sektorlari rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i va mutasaddi tashkilot rahbar va mas’ullari ishtirok etdi.
***
Forish tumani hokimligida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan tuman hokimligi uzluksiz shtabining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Shtab yig‘ilishida 2024 - 2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tegishli mutasaddilarning axborotlari tinglandi.
Ishchi guruh a’zolariga amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
[gallery-19421]
***
Yaqinda Arnasoy tumani “Cho‘lquvar” MFYda “BMB HOLDING” kompaniyasi tomonidan Mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami munosabati bilan “Cho‘lquvar ulgurji va chakana savdo” majmuasi barpo etilib, aholi foydalanishi uchun tuhfa qilingan edi.
Bekzod Mamatqulov rahbarligidagi kompaniya tomonidan yana bir loyiha amlga oshirildi, ya’ni “Cho‘lquvar” mahallasini tuman markazi va Mirzacho‘l tumani bilan bog‘lovchi 2 kilometrlik masofadagi avtomobil yo‘liga asfal’t yotqazib berdi.
Shuningdek, kompaniya ushbu mahalladagi “Domla Kamol” jome masjidini ham kapital ta’mirlab berishni rejalashtirgan.
***
Energetika vaziri o‘rinbosari U.Mamadaminov ishtirokida Jizzax viloyatining shahar va tumanlaridagi jismoniy hamda yuridik shaxslarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda jismoniy va yuridik shaxslar, elektr hamda gaz ta’minoti korxonalari vakillari ishtirok etdi.
Qabul jarayonida elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko‘mir ta’minoti yuzasidan yuzaga keladigan muammolar tanqidiy va tahliliy muhokama qilindi.
Shuningdek, energiya samaradorligi hamda 2024-2025 yillar kuz-qish davrida iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashga tayyorgarlik masalasi yuzasidan tadbirkorlarning muammolari o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
***
Baxmal tumani “Mustaqillik” SIU hududidagi Xursan ota fermer xo‘jaligi dalasida aholiga bog‘dorchilik yerlaridan unumli foydalanish, jumladan, bog‘ va tokzorlar orasida mahsulot yetishtirishda hosildorlikni oshirish, to‘xsonbosdi ekinlari ekish yuzasidan dala o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Seminarda viloyat “Agroxizmatlar markazi” olimlari va O‘zbekiston Bog‘dorchilik agentligi mutaxassislari, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashi vakillari tomonidan fermer va dehqonlarga bog‘ va ochiq maydonda to‘qsonbosti, jumladan, sarimsoq piyoz ekish muddatlari agrotexnikasi, kasallik hamda zararkunadalarga qarshi kurashish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berildi.
Bu kabi seminarlar yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va narx-navoning sun’iy o‘sishini barqarorlashtirish, ichki bozorlarni qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan to‘ldirish, tuproq unumdorligini oshirish hamda hosildorlikni ko‘tarishga xizmat qiladi.
A.Qayumov, O‘zA muxbiri