Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
09:34 / 2024-09-21

G‘allaorol tumani hokimi Jaloliddin Oqboyev Mirzabuloq mahallasidagi chet ellarda tahsil olayotgan va ishlayotgan yoshlar bilan videomuloqot qildi.

Hokim muloqot davomida ularning yashash sharoiti va o‘qishi jarayonlari bilan qiziqdi. Shuningdek, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.

Onlayn uchrashuv davomida yoshlarning savollariga javoblar berilib, bildirilgan takliflarni ijobiy hal etish choralari belgilandi.

Shu yerning o‘zida mahalla aholisi va yoshlari bilan sayyor qabul o‘tkazilib, qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ijrosi yuzasidan tegishli mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

[gallery-19381]

***

Forish tumanida reklama ob’ektlari o‘rganildi.  

Tumandagi tashqi reklama vositalari, axborot matnlari va boshqa tashqi yozuvlardagi qonunbuzilish holatlari bartaraf etilib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi ta’minlandi hamda xato yozilgan holatlar bartaraf etildi.

***

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish viloyat boshqarmasi O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyati kengashi bilan hamkorlikda “World clyeanup day” (Butunjahon tozalik kuni) munosabati bilan “Sangzor” daryosining Jizzax shahridan oqib o‘tuvchi qismida“Hayot uchun joy ajrating!” nomli ommaviy plogging ekoaksiyasi tashkil etdi.

Plogging davomida  “Sangzor” daryosi bo‘ylarida to‘plangan chiqindilar tozalandi va maxsus transport vositalari yordamida chiqindi poligoniga olib borib joylashtirildi.

***

Mirzacho‘l tumani hokimi, 1-sektor rahbari Botirjon Mirzaqulov Prezident selektorida berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha biriktirilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni o‘rganish yuzasidan “Ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xonadonlarni aylanib, mazkur oilalar vakillari bilan suhbat o‘tkazdi.

Ishsiz aholining bandligini ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berib, ijrosini o‘z nazoratiga oldi.

***

Kadastr agentligi  Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Nodir Sidiqov  Zafarobod tumanida o‘tkazgan sayyor qabulda mazkur soha bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammolarini qonuniy tomondan ijobiy hal etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Qabulda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 25 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Shundan 10 dan ortiq murojaat shu joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 6 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish berildi, qolgan 9 nafar fuqaroning murojaatini o‘rganib chiqish uchun mas’ullar zimmasiga topshiriqlar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri