Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:15 / 2024-08-09

Yangiobod tumani markazida “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror ijrosi doirasida tashabbuskor tadbirkorlar, umumta’lim maktablari psixologlar va kasb ustalari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Unda, maktablarning bo‘sh turgan binosini tadbirkorlarga bepul berish orqali o‘quvchilarni kasbga o‘rgatishni tashkil etish imtiyozlari xususida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, “Tafakkur xizmat samarasi” MCHJ tomonidan o‘quvchilarni hozirgi kunda talab yuqori bo‘lgan dasturchi, dizayner va marketolog singari muhim kasblarga o‘qitish ishlari rejalashtirilgan.  

***  

Baxmal tuman hokimligida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portalida shakllangan tadbirlarni o‘rganib chiqish, baholash va tahlil qilish hamda ijrosini monitoring qilish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  

Unda, ishchi komissiya a’zolari hududlarga chiqqan holda aholi va tashkilotlar tomonidan kiritilgan takliflarni batafsil o‘rganib, xulosalarini taqdim etishlari haqida tushuntirildi. Shuningdek, o‘rganish jarayonida “Ochiq byudjet” axborot portalida bo‘layotgan yangiliklar va Oliy Majlis Senatining joriy yil 30 yanvardagi qarori mazmun-mohiyati ishchi guruh a’zolari tomonidan fuqarolarga to‘liq tushuntirilib, targ‘ibot ishlari olib borilishi belgilab olindi.  

***  

Do‘stlik tumani hokimligida joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi o‘rganishlari yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  

ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev, Jizzax viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari Abduvali Mustanov va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Viloyatda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish asnosida o‘tkazilgan qo‘mondonlik o‘quv-taktik mashg‘ulotlari jarayonida aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshevning tahliliy-tanqidiy axboroti tinglandi. 

 

***  

G‘allaorol tumanining “Qo‘ytosh” shaharcha fuqarolar yig‘inida aholi va ayniqsa, yoshlar o‘rtasida insoniylik qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida “Inson qadri” loyihasi doirasida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda Respublika targ‘ibot guruhi a’zolari uzoq yillar vatanimizning gullab yashnashi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shgan, hozirgi kunda farzandlari, nabiralari ardog‘ida yashayotgan mehnat faxriylari hamda farzandlarining nogironligi bo‘lgan oilalarda bo‘lib, holidan xabar oldi. Atoqli san’atkorlardan iborat targ‘ibot guruhi a’zolari ular bilan dildan suhbat qurdi.  

***  

Arnasoy tumani “Zarafshon” MFYda joylashgan 2-sonli oilaviy poliklinikaga homiylar tomonidan “Tszinda” fizioterapiya va ingalyator apparatlari hamda eng zamonaviy qattiq va yumshoq mebellar tuhfa etildi.  

Mahallada aholi salomatligi yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, poliklinikaga homiylar tomonidan olib kelingan uskunalar yordamida bo‘g‘im og‘riqlari, nerv sistemasi va gijja kassaliklarini davolash yo‘lga qo‘yildi.

E’tiborlisi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan ehtiyojmand fuqarolar uchun bepul davolanish ham yo‘lga qo‘yildi.

A.Qayumov, O‘zA.