Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
14:38 / 2024-07-13

Jizzax viloyati Zomin tumani Prezident Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda prokuror B.Ibrohimov boshchiligidagi huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad, aholi muammolariga yechim topish orqali, ularning farovonligini ta’minlash, eng avvalo “Inson qadri uchun” tamoyilini amalda qaror toptirishdan iboratdir. Unda jami 150 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi va 63 tasi joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar ijroga yo‘naltirildi.

***

Arnasoy tuman hokimi, 1-sektor rahbari Odil Musanov  ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. Jumladan, tuman hokimi o‘rinbosari Faxriddin Adilov, Shavkat Kenjaboyev hamda bosh vrach Muhabbat Abdusattarovaga Arnasoy tuman tibbiyot birlashmasida kuz-qish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

***

Bu yil Do‘stlik tumanida g‘alladan bo‘shagan 13 ming 383 gektar yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida ishsiz yoshlar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga olingan ayollar va boshqa fuqarolarga bir gektardan yer ajratib beriladi. Jumladan, “Manas” MFYda bo‘lib o‘tgan seminardagi asosiy mavzu aholiga takroriy ekin ekish uchun yer ajratib berishga qaratildi. Bunda ekinlar “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida sabzavot, poliz, moyli va dukkakli ekinlar ekilishi ta’kidlandi. Yetishtirilgan mahsulotlar aholi o‘rtasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ularni daromadini oshirish, kambag‘allikdan chiqarishga xizmat kiladi

***

Jizzax viloyati FVB va Sharof Rashidov tumani FVB mas’ul xodimlari tomonidan “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbirlarini samarali o‘tkazish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida, tuman hududidagi “Jahon Osiyo Mega Trade” MCHJda profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Unda tadbirkorlar va fuqarolar bilan yong‘inga qarshi profilaktik suhbatlar, targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi, zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, yong‘in o‘chirish texnikalari erkin harakatiga to‘sqinlik qiluvchi sun’iy to‘siqlar olib tashlanib, mavjud kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.

***

Jizzax viloyatida yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanishda davlat nazorati muntazam amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, Mirzacho‘l tuman hokimi, 1-sektor rahbari B.Mirzaqulov, viloyat elektr tarmoqlari korxonasi direktor o‘rinbosari J.To‘xtayev, tuman TET rahbari F.Rahmonov tomonidan “Mustaqillik” mahallasida mutasaddi rahbarlar ishtirokida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.    

Uchrashuvda, energiya resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish va tejamkorlikni ta’minlash, to‘lov intizomini shakllantirish, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanmaslik, elektr energiyasi tariflaridagi o‘zgarishlar hamda quyosh panellarini o‘rnatish va uning qulayliklari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

***

Jizzax viloyatida 600 ga yaqin NNTlar mavjud bo‘lib, ular tomonidan turli yo‘nalishlarda xalqimizga foydali va kerakli bo‘lgan loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Kuni kecha Adliya vazirligi Nodavlat-notijorat tashkilotlar boshqarmasi boshlig‘i X.Sobirov viloyatdagi nodavlat-notijorat tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi. Tadbir davomida faoliyat yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan ishlar, sohada e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan masalalar yuzasidan atroflicha so‘z bordi. Shuningdek, tashkilot xodimlariga yetarli sharoitlar yaratish va ish sifatini oshirish borasida kelishib olindi.

A.Qayumov, O‘zA.