Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
18:01 / 2024-05-22

Aholi tomorqasidan samarali foydalanishga qaratilgan e’tibor sabab, nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmi, balki oilalarning turmush farovonligi, daromadi ham yuksalmoqda.

G‘allaorol tumanining “Oqtosh” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Mahalla yettiligi” va mahallaga biriktirilgan mas’ullar tomonidan namunali tomorqa egalari bilan fikr almashilib, ularning tajribasini joylarda tatbiq etish, uzum navlarini ko‘paytirish hamda xonadon imkoniyati doirasida parranda va asalarichilikni tashkil etish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilib, bu boradagi yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilanmoqda. 

*** 

“FORIGHT CALCIUM INDUTSRY” xorijiy korxona rahbari boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi Sharof Rashidov tumani hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda xitoylik investorlar tomonidan tumanga 30 million AQSH dollarlik loyihani amalga oshirish istagi bildirildi. Muzokaralar yakunida xorijiy investor tomonidan loyiha joriy yilning uchinchi va to‘rtinchi choraklaridan boshlanishiga kelishib olindi. 

*** 

Markaziy bankning Jizzax viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Botirov, tuman hokimi G‘ayratjon Eshpo‘latov va tijorat banklari mas’ullari ishtirokida Zafarobod tuman hokimligida mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tadbirkorlar o‘z faoliyatlarini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kredit hujjatlarini rasmiylashtirishda yuzaga kelgan muammolar xususida to‘xtaldi. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan tushgan murojaatlar yechimi bo‘yicha tijorat banklari rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. 

*** 

Jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida Jizzax shahridagi “Yoshlar innovatsion markazi”da viloyatdagi Prezident Xalq qabulxonasi mudiri, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlarining birgalikdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. 

Unda jami 80 dan ziyod murojaat kelib tushib, ulardan 24 tasi joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarning belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi. Maqsad aholi muammolariga yechim topish orqali, ularning farovonligini ta’minlash, avvalo, “Inson qadri uchun” degan tamoyilni amalda qaror toptirishdir. 

*** 

Jizzax viloyati FVB, IIB, MG va bir qator FVDT xizmatlari hamkorligida Jizzax shahrida joylashgan “O‘rda ekologik istirohat bog‘i”da maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. 

Mashqda ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan manzil hududida sodir bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish, jabrlanganlarni qutqarish hamda bog‘ hududidagi attraksionlardagi nosozliklar sababli yuqorida qolib ketgan fuqarolarni maxsus qutqaruv texnikasi va asbob-anjomlari yordamida xavfsiz joyga evakuatsiya qilish tadbirlari jarayonida barcha FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari amalda ko‘rib chiqildi. 

A.Qayumov, O‘zA.