Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
22:24 / 2024-03-26

Jizzax viloyati Agroxizmatlar markazi mas’ul xodimlari tomonidan G‘allaorol tumanidagi mahallalarda yer olish istagida bo‘lgan yoshlar uchun “Yoshlarga yer ajratish” mavzusida o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

Seminarda Agroxizmatlar markazi xodimlari, tuman hokimligi va G‘allachilik ilmiy- tadqiqot instituti rahbar va vakillari ishtirok etib, yerdan unumli foydalanish hamda yiliga 2-3 marta hosil olish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berishmoqda. 

*** 

Xitoy Xalq Respublikasining bir guruh yirik ishbilarmonlari xizmat safari bilan Do‘stlik tumaniga keldi. 

O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tizimidagi sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan “DosMilk” korxonasida xitoyliklar bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda o‘zaro tajriba almashish masalalari bilan bir qatorda hamkorlikdagi loyihalar va tajriba maydonlari tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi. 

*** 

Mirzacho‘l tumani Madaniyat markazida axborot-kutubxona markazi tomonidan mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag‘larga sotib olingan yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 

Ko‘rgazmaga mamlakatimizning yetakchi nashriyotlari tomonidan chop etilgan badiiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar va jahon adabiyotini o‘zida jamlagan “Jahon va o‘zbek adabiyoti kutubxonasi durdonalari”dan tashkil topgan 170 dan ortiq kitob qo‘yildi. 

*** 

Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Oybek Ashurmatov hamda Zafarobod tumani hokimi G‘ayratjon Eshpo‘latov 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish mavsumi oldidan sektor rahbarlari, tumandagi klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida ko‘rgazmali seminar o‘tkazdi. Unda mavsum uchun texnikalarni shay holatga keltirish, fermer xo‘jaliklariga zarur texnikalarni xarid qilish uchun ko‘maklashish masalasi muhokama qilindi va ularning bu boradagi muammolari tinglandi. 

Shuningdek, chigit ekish mavsumini qisqa muddatda uyushqoqlik bilan o‘tkazish, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish, chigitni xatosiz, sog‘lom va erta undirib olish, g‘o‘za parvarishi va uni zararkunandalardan himoya qilish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ham belgilab olindi. 

*** 

Yangiobod tumanida tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan har bir mahallada mas’ullar tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. 

“Sarmich” mahalla fuqarolar yig‘inida ham aholining shaxsiy tomorqadan samarali foydalanish ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida namunali tomorqa egasi Novvotoy Yunusova xonadonida amaliy seminar tashkil etildi. 

Ishtirokchilar, mahalla xotin-qizlari ushbu xonadon tomorqasidagi ochiq maydonda va issiqxonada tashkil etilgan ishlar, yetishtirilayotgan turli xil ekinlar bilan yaqindan tanishib, zaruriy ko‘nikma va tajribalarga ega bo‘ldi. 

A.Qayumov, O‘zA muxbiri