Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari –qisqa satrlarda
12:35 / 2024-02-09

Navoiyga ta’zim, Boburga ehtirom!

Jizzax viloyatidagi barcha umumiy o‘rta, maxsus va oliy ta’lim hamda madaniy muassasalarda ulug‘ mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi keng nishonlanmoqda.  

Jumladan, G‘allaorol tumani “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Barkamol avlod” bolalar va o‘smirlar maktabida, G‘allaorol shaharchasidagi 15-sonli musiqa va san’at hamda 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tuman o‘quvchi-yoshlari ishtirokida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlariga bag‘ishlab “Navoiyga ta’zim, Boburga ehtirom” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Ushbu tadbirlarda Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo‘li hamda ijodi haqida ma’ruzalar qilinib, buyuk allomalarimiz ijodiga bag‘ishlangan badiiy sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.  

Harbiy qismda “Navoiyxonlik”

Zomin tumanidagi “N” harbiy qismida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar o‘rtasida “So‘z mulkining sultoni” mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli mazkur harbiy qism komandirlari tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda tuman axborot- kutubxona markazi mutaxassislari hamkorligida “Navoiyxonlik” kechasi tashkil etildi. Unda harbiy xizmatchilar va o‘quvchi-yoshlar mutafakkir she’r va g‘azallarini yoddan o‘qish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov tadbir ishtirokchilarida chuqur taassurot qoldirdi.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

G‘azal mulkining sultoni yod etildi

Ma’naviyat-ma’rifat markazi Forish tuman bo‘linmasi, tuman axborot-kutubxona markazi hamda 1-sonli umumta’lim maktabi yosh kitobxonlari ishtirokida buyuk mutafakkir, shoir, g‘azal mulikining sultoni Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy merosi – millatimiz xazinasi” nomli adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.  

Tadbir qatnashchilari Ma’naviyat-ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman axborot- kutubxona markazi xodimlarining Navoiy qoldirgan buyuk meros haqidagi ma’ruzalarini katta qiziqish bilan tingladi.

Tadbir so‘nggida tuman markazidagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan Alisher Navoiyning bolaligi, ulg‘aygandagi ijodi va faoliyatidan hikoya qiluvchi sahna ko‘rinishlari hamda o‘quvchi-yoshlarning Navoiy g‘azallarini yoddan ijro etishi kecha ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA muxbirlari