French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
17:04 / 2023-12-21

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan vatanparvarlik oyligi doirasida G‘allaorol tuman mudofaa bo‘limi hamda Jizzax gornizoni harbiy qism xizmatchilari hamkorligida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda aholi o‘rtasida g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari yoshlarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. 

*** 

Yangi yil bayrami arafasida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari Jizzax shahri hamda Sharof Rashidov tuman bo‘limi (filiali) xodimlari uchun viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda profilaktik tadbir tashkil etdi. 

Unda har bir xodim kundalik ish faoliyati va bayram kunlari arafasida e’tibor qaratishlari lozim bo‘lgan jihatlarga, ya’ni sovuq ob-havo sharoiti va turli bayram tadbirlarida yong‘inlar, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, tabiiy va is gazidan zaharlanish hamda boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar atroflicha tushuntirildi. 

*** 

Zarbdor tuman ixtisoslashtirilgan maktab va tuman umumta’lim maktablari pedagog xodimlari uchun “Learning and teaching” (O‘rganish va o‘rgatish) mavzusida Jizzax shahridagi Prezident maktabining xalqaro toifali o‘qituvchilari filippinlik Daniel Patot (Daniel Patot) hamda Hindistondan kelgan Narendra Khaire (Narendra Hayre) tomonidan seminar-trening tashkil etildi. 

Filippin davlatida kasbi maktab maslahatchisi bo‘lgan xalqaro toifali matematika o‘qituvchisi Daniel Potot tomonidan o‘qituvchilar va 11-sinf o‘quvchilari uchun “Career - Personality Inventory Tests” (karera – shaxsiyatni inventarizatsiya qilish testlari), xalqaro o‘qitish metodlari, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda jahon tajribasi hamda xalqaro sertifikatlar va “A-Level”ga ega bo‘lish o‘quvchilar uchun qanday ustunliklar mavjudligi borasida dars saboqlari berdi. 

*** 

“Yoshlar forumi – 2023” doirasida Baxmal tumanida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda yoshlar tomonidan ko‘tarilgan muammo, taklif va fikr-mulohazalar tinglandi. Shuningdek, muloqot doirasida yil davomida samarali faoliyat olib borgan eng faol yosh rahbarlar, eng faol yoshlar yetakchilari, bir guruh faol yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan zaruriy pul mablag‘lari to‘plab berilganligini tasdiqlovchi sertifikatlar ham o‘z egalariga topshirildi. 

*** 

Paxtakor tuman hokimi, hududda Yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq tashkiliy ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, tuman hokimi boshchiligida mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan Yangi yil oldi, aholi ko‘p yig‘iladigan hamda Yangi yil bayramini ko‘tarinki kayfiyatda, xavfsiz o‘tkazish maqsadida tuman markazidagi “Mo‘jiza” istirohat bog‘ida o‘rnatilgan “Yangi yil archasi” xavfsizligi va o‘tkazilishi rejalashtirilgan turli ko‘ngil ochar tadbirlar rejasi bilan yaqindan tanishib chiqdi. O‘rganishlar jarayonida o‘z tavsiyalarini berib, mutasaddilar zimmasiga bir qator topshiriqlar yukladi. 

A.Qayumov, O‘zA.