English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:56 / 2023-08-17

Jizzax shahrida “Ko‘pkurash” harbiy vatanparvarlik sport musobaqasining viloyat bosqichi yakuniga yetdi.

“Ko‘pkurash” bahsida Baxmal tuman kasb-hunar maktabi 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.  

2 va 3-o‘rinlar mos ravishda Mirzacho‘l tuman kasb-hunar maktabi hamda Sharof Rashidov tumani axborot texnologiyalari texnikumi jamoalariga nasib etdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom, qimmatbaho sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. 

 ***  

Do‘stlik tumani hokimi o‘rinbosari A.Tinchlikov 1-sektor hududidagi “Navro‘z” MFYda bo‘lib, aholi muammolarini “xonadonbay” tamoyili asosida uyma-uy yurish orqali o‘rgandi.  

Tadbirda fuqarolar mahalla hududidagi chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish, mutaxassisligi bo‘yicha bandligini ta’minlash, asalarichilikni rivojlantirish uchun kredit olish, kontrakt to‘lovini to‘lab berish, qo‘shimcha ravishda TTBga tungi navbatchilikka ishga joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammoli masalalar yuzasidan murojaat qildi.  

Har bir murojaat yozib olinib, aloqador tashkilotlarga topshiriq berildi va ijrosi sektor shtabi tomonidan nazoratga olindi.

  ***  

Joriy yilning 14 avgust kunidan e’tiboran Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Ichki ishlar vazirliklari mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh a’zolari Prezidentimizning qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax shahridagi umumta’lim maktablarida o‘rganish ishlarini amalga oshirmoqda.    

Belgilangan jadval asosida, hududdagi 6, 10, 22, 23-sonli umumta’lim maktablarida qaror ijrosini ta’minlash, bolalar va yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi qoidasi bo‘yicha amaliy va nazariy tushunchalar berish borasida olib borilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahliliy-tanqidiy o‘rganilib, endilikda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan aniq vazifalar belgilab berildi.  

***  

Jizzax viloyati IIB TQX JQB xodimlari tomonidan joylarda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.  

Shunday tadbir byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Jizzax viloyati boshqarmasida ham uyushtirildi. “Korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash olib boramiz!” mavzusidagi targ‘ibotda korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi illat ekanligi, shu turdagi qonunbuzarlik uchun belgilangan javobgarlik  bo‘yicha ma’lumot berildi.  

***  

Zarbdor tumani hokimi 1-sektor hududidagi “Toshkesgan” MFYda rais, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektorining bugungi kunda olib borayotgan ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.  

Mahalla “beshligi” tomonidan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Uchrashuvda hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikni jilovlash borasida chora-tadbirlar belgilanib, mamlakatimiz Mustaqilligi bayramini munosib nishonlash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida fuqarolar ishtiroki  masalalari muhokama etildi.  

***  

Baxmal tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tumanning “Vatanparvar” MFY hududida joylashgan “n” harbiy qismda “Yangi tahrirdagi  Konstitutsiyani o‘rganamiz” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.  

Bunda 2023 yil 30 aprel’ kuni Referendum asosida Yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati tushuntirilib, harbiy xizmatchilarning Bosh Qomusimizga bo‘lgan huquqiy ongini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.  

A.QAYUMOV,

J.YORBEKOV (surat), O‘zA