French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
20:17 / 2023-08-10

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov Do‘stlik tuman ichki ishlar bo‘limi hududida barpo etilayotgan vaqtincha saqlash hibsxonasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mazkur jarayonda viloyat IIB boshlig‘i binoni jihozlash, bu yerda qonunda belgilangan tartibda sharoitlar yaratish yuzasidan topshiriqlar berdi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, mazkur hibsxona tez kunlarda ishga tushiriladi.

***

Forish tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” shiori ostida boshlangan xayrli tashabbusi izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, tuman adliya bo‘limi maslahatchisi Bekzod Turopov ushbu xayrli tadbir doirasida tumanning 3-sektor hududidagi Oybek nomli mahallada yashovchi bir guruh aholi xonadonlarida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi, mavjud muammolarini o‘rgandi, ularga bepul huquqiy maslahatlar berdi.

“Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” shiori ostidagi xayrli tadbirlari tumanning boshqa mahallalarida ham davom etmoqda.

***

Bugungi Mirzacho‘l tumanida bo‘lib o‘tgan tadbirda ichki ishlar xodimlari, mahalla faollari va hamkor tashkilotlar xodimlari ishtirokida yo‘riqnoma o‘tkazildi. Unda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Asosiy e’tibor jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratligi ta’kidlandi. Shuningdek, tadbirda “Payshanba – profilaktika kuni” munosabati bilan mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish va uning oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlari ham olib borildi.

***

Jizzax shahrida davlatning g‘amxo‘rligiga muhtoj bo‘lgan va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yigit-qizlarning 30 nafariga o‘zini-o‘zi band qilishi va oilaviy tadbirkorlikni dastlabki jarayonini boshlashi uchun Jizzax shahar yoshlar jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 203 million so‘mlik turli xildagi asbob-uskunalar subsidiya tariqasida topshirildi.

Tadbirda Jizzax shahar hokimi va sektor rahbarlari tomonidan yoshlarga ushbu asbob-uskunalar birma-bir suhbat asosida taqdim etildi.

***

G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari “Uzunbuloq” QFYda ultratovush diagnostikasi va laboratoriya tekshiruvlari natijasida surunkali kasalligi bor bemorlar, homilador va tug‘ish yoshidagi ayollar hamda mahalliy aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tegishli tartibda tavsiya va yo‘llanmalar berildi.

Ushbu tibbiy ko‘rikda yuqumli kasalliklar, jumladan, gepatit “A”, “V”, “S”ning yuqish yo‘llari, profilaktikasi, diagnostikasi va davolash taktikalari haqida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

***

Zomin tumanida mahalla yoshlar yetakchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

“Yoshlar daftari”dagilarga ko‘rsatilgan yordamlar, mahallalarda yoshlar jinoyatchiligiga qarshi natijador ishlar, davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj yoshlar bilan ishlash davomida aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi va mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA