English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
12:10 / 2023-07-29

Zomin tumanidagi “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi hududida qiymati 1 trillion so‘mlikdan ortiq loyihalar bo‘yicha qurilish ishlari olib borilmoqda.

“Shalye” uslubidagi uylar, zamonaviy 600 o‘rinli rectoran, sog‘lomlashtirish markazi (Zomin SPA) shular jumlasidandir. Shuningdek, tog‘ bag‘rida zamonaviy dor yo‘li va 5 qavatli avtoturargoh qurish ishlari yakunlangan va bugungi kunda sinov ishlari amalga oshirilmoqda.

***

Sharof Rashidov tumani hokimining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Ma’ruf Ergashev “Toqchilik” mahallasida yashovchi ijtimoiy ahvoli og‘ir toifadagi o‘ziga biriktirilgan yoshlarning holidan xabar oldi.  

Ularga daromad manbai yaratish maqsadida sartaroshlik, tikuvchilik, kosibchilik bilan shug‘ullanishlari uchun maxsus ish qurollari, dastgohlar yetkazib berdi hamda zarurati bo‘lganlarning sog‘liklarini tiklash uchun amaliy yordam ko‘rsatdi.

***

“Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining Arnasoy tuman bosqichida o‘z mahallalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 13 mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari ishtirok etdi. Ushbu ko‘rik-tanlovda tumandagi “Cho‘lquvar” MFY faoli Pardaboy Hayitov 1-o‘rinni egallab g‘olib bo‘ldi. “Zarafshon” MFYdan Rahmat Begayev ikkinchi, Bobur MFY faoli Yakub Almatov 3-o‘rinni egalladi.  

G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va pul mukofotlari topshirildi.

***

Zarbdor tumani Xalq deputatlari mahalliy Kengashidagi partiya guruhi a’zolari, O‘zbekiston XDP deputatlari va partiya faollari ishtirokida Yangi O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarni O‘zbekiston XDP Zarbdor tumani kengashi raisi X.Umarov, O‘zXDP deputatlik guruhi raisi N.Allamuratova hamda tuman adliya bo‘limi xodimi A.Abduvaitovlar yangi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berdi.  

Shuningdek, partiyaga yangi a’zolar ham qabul qilinib, ularga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

***

G‘allaorol tumanining markaziy ko‘chalari, tuman hududini kesib o‘tuvchi M-39 katta magistral avtomobil yo‘li chetlarida joylashgan bannerlar, tashqi yozuvlarning O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuniga mosligi o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunga mos kelmaydigan hamda foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan banner va tashqi yozuvlar olib tashlandi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari, korxona, tashkilot rahbarlariga reklama bannerlarini o‘rnatish bo‘yicha targ‘ibot qilindi.

***

Forish tumanining bir necha millat vakillari istiqomat qiluvchi 1-sektor hududidagi eng uzoq va eng chekka “Darvoza” MFY infratuzilmasi yaxshilanib, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish va toza ichimlik suv bilan ta’minlash maqsadida artezan qudug‘i qazilib, ichimlik suv tarmoqlari tortildi. Bugungi kunda mahalla aholisi to‘liq toza ichimlik suv bilan ta’minlangan.

Aholi mahallaga olib boruvchi yo‘lning abgorligidan aziyat chekib kelardi. Yaqinda ushbu mahallada 4 kilometr yo‘l ta’mirlanib, asfalt qoplama yotqizildi va aholining bu muammosi bartaraf etildi.

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA