Mamlakatimizda 10 iyuldan 10 avgustga qadar yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Dolzarb 30 kun” lik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbir doirasida Jizzax viloyati Arnasoy tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan aholi yashash xonadonlarida uyma-uy yurib, yong‘in xavfsizligini oldini olish va ta’qiqlangan joylarda fuqarolarning cho‘milmasliklari borasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
*****
Forish tumani hokimi Ikrom Matiyev va sektorlar rahbarlari “Nurak” MFYda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda aholi tomonidan elektr energiyasi ta’minotidagi muammoni hal etish va mahallaga bitta transformator o‘rnatishda yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat tushdi.
Muloqot davomida aholi tomonidan bildirilgan muammoni shu joyning o‘zida ijobiy hal qilish maqsadida mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq topshiriq berildi.
*****
Yangiobod aholisi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Tumanning barcha mahallalarida hamjihatlik bilan obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Qishloq va mahallalar, yo‘l chetlari, binolar va hovlilar atrofi, yo‘laklar tozalanmoqda. Ariqlar tozalanib, daraxtlarni oqlash va butash ishlari jadal davom etmoqda.
*****
Sharof Rashidov tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda moddiy yordam, ishga joylashish, kredit olish va davolanish bilan bog‘liq murojaatlar tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Lola Mamayunusova hamda tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida o‘rganildi. Muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko‘rildi.
Murojaatlarning 5tasi shu joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, 11 masalaga huquqiy tushuntirish berildi.
*****
Mirzacho‘l tumani “Toshkent” mahallasining Oltin Vodiy ko‘chasida hashar yo‘li bilan 3 kilometr yo‘lga shag‘al yotqizildi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 3,7 kilometr markaziy, 2,9 kilometr ichki ichimlik suv tarmog‘i 770 million so‘m byudjet mablag‘lari hisobidan “BOBURBEK QURILISH MONTAJ” MCHJ tomonidan xonadonbay tortildi. Uzoq yillardan buyon toza ichimlik suvi ta’minotidan aziyat chekib kelayotgan qishloq aholisi bu yangilikni katta xursandchilik bilan kutib oldi.
A.QAYUMOV,
J.YORBEKOV (surat), O‘zA