Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
09:37 / 2023-06-19

Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari B.Akilov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Paxtakor tumanida aholining sog‘liqni saqlash tizimidagi muammo va murojaatlarini o‘rgandi.

Natijada, fuqarolardan 210 murojaat kelib tushdi. Ularning 206 tasi joyida hal etildi, 4  murojaatning ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, sayyor qabul munosabati bilan tuman aholisi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.  210 nafar fuqaro yetakchi tibbiyot mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularning 140 nafarida turli kasalliklar aniqlanib, 118 nafariga ambulator sharoitda davolanishga tavsiya, 22 nafariga tuman va viloyat muassasalarida davolanishi uchun yo‘llanmalar berildi. Uy sharoitida davolanishi mumkin bo‘lgan 105 nafar bemorga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

***

Jizzax viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari L.Ahmadjonov o‘ziga biriktirilgan yoshlarning muammolarini ijobiy hal qilish choralarini ko‘rmoqda. Xuddi shunday uchrashuvlardan biri Do‘stlik tumani yoshlari bilan bo‘lib o‘tdi.  

Jumladan, tumandagi Manas MFYda istiqomat qiluvchi yoshlar  bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida yoshlarning qiziqishlari kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashib, bugungi kunda ularni qiynayotgan muammolari o‘rganildi va ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

***

Jizzax viloyatidagi saylov uchastkalari komissiyasi a’zolari uchun o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.  

Jumladan, Zomin tumanidagi 272-saylov uchastkasida o‘tgan o‘quv-seminarida uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotiblarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha bilimlari oshirildi.

Xuddi shunday o‘quv tadbirlari viloyatning har bir saylov uchastkasida belgilangan jadval asosida o‘tkaziladi.

***

Sharof Rashidov tumani “Mulkanlik” MFYda mahalliy tadbirkor tomonidan ochiq suv havzasi barpo etilib foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan o‘tgan marosimda tuman hokimligi, mahalla faollari va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.  

Jazirama issiq havoda mahalliy tadbirkorning suzish havzasini ishga tushirishi mahalla ahli, ayniqsa, bolajonlarni mamnun etdi. Endilikda ushbu suzish havzasi nafaqat mahalla balki qo‘shni mahalladagi bolajonlar uchun ham xizmat qiladi.

***

G‘allaorol tumani Lalmikor qo‘rg‘onida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 9-son oilaviy poliklinikada “Sog‘lom ayol oyligi” doirasida xotin – qizlarga “Sog‘lom turmush tarzi” targ‘iboti hamda tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rikda akusher-ginekolog, okulist, nevropatolog, pediatr, stomatolog, kardiolog va umumiy amaliyot mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tekshiruvlar o‘tkazilib, tegishli tavsiya va yo‘llanmalar berildi.

***

Yangiobod tumani kasb-hunar maktabida  “Yoshlar oyligi” doirasida “Kasb va yoshlar” shiori ostida bo‘lib o‘tgan kasblar festivalida o‘quvchi yoshlar o‘zlarining egallagan bilimlarini amaliy topshiriqlar asosida texnika xavfsizligi qoidalariga to‘liq amal qilgan holda mutaxassisliklariga oid kasb mahoratini namoyish etdi.

O‘z tanlagan sohalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘layotgan yigit-qizlarning qo‘l mehnatlari asosida tayyorlangan ko‘rgazmalari tadbir mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Yakunda faol ishtirokchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

A.QAYUMOV,  

J.YORBEKOV (surat), O‘zA