Paxtakor tumanida “Yoshlar oyligi” doirasida joylarda turli madaniy va ma’rifiy tadbirlar tashkil etilayotgani ertamiz egalari dilidagi vatanparvarlik hislarini oshirishga qaratilmoqda.

Jizzax garnizoni va harbiy orkestr jamoasi tomonidan shu kabi ezgu maqsadlar yo‘lida aholi ko‘plab yig‘iladigan joylarda, istirohat bog‘larida sayyor konsert dasturlari namoyish etilmoqda. Jumladan, tuman markazida joylashgan “Yoshlar” saylgohida o‘tgan harbiy orkestr tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi 2 mingga yaqin yoshlarni qamrab oldi.
***
Jizzax shahrida tashkil etilgan seminarda “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar monitoring qilindi. Tadbirda tavsiyalar berish bo‘yicha shakllantirilgan Respublika ishchi guruhi vakillari ham ishtirok etdi.

Jumladan, Turon, Amir Temur mahalla faollarining “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilgan yordamlarining haqqoniyligi o‘rganilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi va ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar yuklatilib, ijro muddati belgilandi.
***
Arnasoy tumani axborot kutubxona markazida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tgan ushbu tadbir murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Unda tumandagi “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig‘ini 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2- va 3-o‘rinlar mos ravishda “G‘oliblar” hamda G‘afur G‘ulom MFY yoshlariga nasib etdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
***
Mamlakatimizda Yurtboshimiz tashabbusi bilan keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, nuroniylarning ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini tiklashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Zarbdor tumani “Toza urug‘” MFYda keksa avlod vakillari tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilib, ularga kerakli tavsiyalar va zarurati bo‘lganlariga tuman hamda viloyat shifoxonalariga yo‘llanmalar berildi.
***
Forish tumanida “Ayollar daftari”ning to‘rtinchi bosqichida 2 ming 623 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, tegishli tartibda har tomonlama yordam ko‘rsatilib, qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Tumandagi 25 mahall

aga tayinlangan hokim yordamchilari tomonidan “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida tizimli ishlar olib borilyapti.
Jumladan, tumanning 3-sektor hududidagi “Egizbuloq” va Oybek nomli MFYlarida ham o‘zini-o‘zi band qilib, daromad qilish istagida bo‘lgan “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinkalari topshirildi.
A.QAYUMOV,
J.YORBEKOV (surat), O‘zA