French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
09:10 / 2023-05-14

Saudiya Arabistoni O‘zbekiston bilan gul yetishtirish bo‘yicha hamkorlik qilish maqsadida Atrof-muhit, suv va qishloq xo‘jaligi vazirligining 5 nafar mas’ul xodimi hamda 10 dan ortiq investor gul yetishtirish bo‘yicha loyihalarga investitsiyalar kiritish maqsadida O‘zbekistonga biznes-missiya bilan kelyapti.

Ushbu loyihalar respublikaning tuproq-iqlim sharoitiga mos 6 ta viloyatida, jumladan Toshkent, Jizzax, Samarqand, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Amaliy safar doirasida saudiyalik investorlar va mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida bir qator shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

***

Sharof Rashidov tumani hokimi Mahmud Xolbo‘tayev “Yakkaqayrog‘och” MFYda bo‘lib “ODINA SKARLET TEKSTIL” MCHJning tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvda tumanda sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda zaruriy ko‘mak berish uchun tegishli tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, MCHJ rahbari tashabbusi bilan olib borilayotgan tikuvchilik kasbini xotin-qizlarga o‘rgatish bo‘yicha va xotin-qizlarga sharoit yaratish maqsadida, ularning hunar orqali daromad topishlari uchun imkoniyatlar yaratish bo‘yicha ham mutasaddilar zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.

***

Do‘stlik tumanida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish mavzusida tashkil etilgan festivalda tumandagi maktablar direktorlari hamda psixologlari ishtirok etdi.
Maktabda 64 ta kasb-hunar doirasida rassomchilik, kompyuter dasturchisi, qo‘l mehnati zargarligi, pazandachilik, zardo‘zlik, bolalar parvarishi (enagalik), erkaklar sartaroshi, parrandachilik va quyonchilik singari kasb to‘garaklari tashkil etilgan. 
Tadbirda o‘quvchilar tomonidan amaliy ko‘rgazmalar namoyish etildi.

***

Zomin tumanida tomorqa va dexqon xo‘jaliklari yerlaridan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 
Jumladan, “G‘allakor” QFYda mahalla oqsoqollari va usta-mirishkor dexqonlar ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Fermer dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining yetakchi mutaxassisi Z.Fayzullayev hamda viloyat kengashi vakili A.Omonovlar tomorqachilikda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan agrotexnik tadbirlar yuzasidan o‘z tavsiya va maslahatlarini berdi. 

***

Mirzacho‘l tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 
Unda “Tinchlik qadri” nomli videorolik namoyish etilib, ota-onalarga farzand tarbiyasi, o‘smirlar psixologiyasi va undagi o‘zgarishlar haqida fikrlar bildirildi. 
Yig‘ilish so‘ngida “Pozitivlik davr talabi” mavzusidagi psixologik salomatlik oyligi doirasida psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 

A.QAYUMOV, O‘zA