English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:41 / 2023-05-12

Paxtakor tumani hokimi A.Ashurov “Toshkent” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahalladagi yoshlarning intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Tashabbuskor va faol yoshlar o‘zlarining kelajak rejalari, ularni qiynayotgan va tashvishga solayotgan muammolari, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, yangi g‘oya va tashabbuslari yuzasidan tuman hokimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, savollariga aniq javoblar oldi.  

***  

Arnasoy tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari H.Umurov tomonidan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida uyma-uy yurish orqali ko‘makka muhtoj yoshlarning oilaviy ahvoli o‘rganildi. O‘rganish davomida  ko‘makka muhtoj yoshlarning aniqlangan muammolari bartaraf etilishi va yoshlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularning ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.  

***  

Do‘stlik tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan chorva mollarini naslini yaxshilash borasida xayrli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, o‘tgan 2022 yil tumanda 5 ming 342 bosh sigir sun’iy urug‘lantirilib, 4 ming 789 bosh buzoq olishga erishilgan edi. E’tiborlisi, joriy yilda ham shu kunga qadar 1 ming 106 bosh sigir sun’iy urug‘lantirildi va hozirgacha 391 bosh naslli buzoq olindi.  

***  

G‘allaorol tumani hokimi, 1-sektor rahbari J.Oqboyev “Mulkush” qishloq fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan uchrashdi. Tuman hokimi, Prezidentimiz raisligida joriy yilning 11 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish, yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasida, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, imkoniyatlar va yangiliklar haqida atroflicha to‘xtaldi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda, tashabbuskor va faol yoshlar o‘zlarining kelajak rejalari, yechimini kutayotgan muammolar, taklif va tashabbuslari yuzasidan murojaat qildi.  

***  

Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodovning aholi va yoshlar uchun navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida o‘ttiz nafar fuqaro murojaat qilib, shulardan o‘ntasi yoshlarga qarashli talaba shartnomasi, moddiy yordam va kredit masalasida bo‘lib, qolgan yigirmatasi esa yo‘l, uy-joy ta’miri va mahallaga suv olib kelish masalalaridan iborat bo‘ldi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarni o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul korxona va tashkilot rahbarlariga aniq topshiriq va vazifalar yuklatildi.  

***  

Baxmal tumanida yuqori samaradorlikka erishgan qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faollari uchun seminar tashkil etildi. Unda yetti yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va ijtimoiy daftarlar yuritish to‘g‘risida o‘zaro fikr almashildi. Mahallalardagi xotin-qizlar ish jarayonini samarali tashkil etish yuzasidan sektorlar kesimida yaxshi natijalar ko‘rsatgan tumandagi xotin-qizlar faollari ish tajribasini ommalashtirish borasida yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumot va ko‘rsatmalar berildi.  

A.QAYUMOV,

J.YORBEKOV (surat), O‘zA