Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:59 / 2023-05-01

Jizzax shahrida davlatimiz rahbarining joriy yil 26 apreldagi “Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi farmoni ijrosi doirasida “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan yigit-qizlar bilan manzilli ishni tashkil etish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Jizzax viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akmal Savurbayev, Jizzax shahar hokimining birinchi va tegishli o‘rinbosarlari hamda hokimlikning kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan tadbirda yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta’minlashda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi atroflicha tushintirildi.

***

Sharof Rashidov tumani 2-sonli kasb-hunar maktabida Germaniyaning “KfW” banki tomonidan moliyalashtiriladigan “Professional ta’lim tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda “Planco Consulting GMBH” kompaniyasi missiyasi vakili Stephan Veran hamda “GIZ” loyihasi vakillari, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax filiali bo‘lim boshlig‘i, kasb-hunar maktabi direktori hamda uning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Loyiha vakillari kasb-hunar maktabi binosi holati, o‘qitilayotgan kasblar, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, hududga yaqin ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan yaqindan tanishtirildi.

***

Do‘stlik tumani hokimligida jinoyat hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlari rais va sudyalari hamda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘limi psixologlari ishtirokida tadbir tashkil etildi.  

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda tumanda istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlar taklif etilib, ularga huquqiy va psixologik yordamlar ko‘rsatildi.

***

G‘allaorol tumanining Marjonbuloq, Qo‘ytosh shaharchalari hamda “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish maqsadida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman!” shiori ostida badiiy kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.  

Maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etgan ushbu tadbirlarda “O‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari kutubxonasi” ga kiritilgan yangi turdagi badiiy kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, mazkur tadbirlar davomida ishtirokchilarga yangidan chop etilgan adabiyotlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

***

Baxmal tumanida o‘tkazilgan seminarda davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali – “vacancy.argos.uz” dan foydalanish tartiblari, mazkur tizimga kiritilgan o‘zgarish hamda yangi qulayliklar haqida tushunchalar berildi.  

Tumanda 2021 yildan shu kunga qadar mazkur tizim orqali davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan 313 ta vakant lavozimga tanlovlar e’lon qilingan. Bu lavozimlarga 3 ming 206 nafar nomzod hujjat topshirgan bo‘lib, uning yakunlariga ko‘ra 106 nafar g‘olib aniqlandi.

***

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga asosan Forish tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga tumandagi muammosi bor 30 nafar yosh biriktirilgan bo‘lib, 30 nafar yoshning 17 nafarini yashash manziliga borildi va muammolari yuzma-yuz suhbatlashib o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlarga oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, aholi bandligini ta’minlash, amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

A.QAYUMOV,

J.YORBEKOV (surat), O‘zA