Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
17:04 / 2023-04-20

“BMB Trade Group” kompaniyasi vakillari Niderlandiyaning ABAC Holland B.V” hamda Buyuk Britaniyaning “JM Global Trade UK Ltd.” tashkilotlari vakillari bilan videokonferens aloqa orqali muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida “BMB Trade Group” kompaniyasi vakillari yevropalik hamkorlarga “BMB Za’faron” brendi ostida yetishtirilayotgan milliy za’faron mahsuloti to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Shundan so‘ng tomonlar farmatsevtika, kosmetologiya va oziq-ovqat sanoati yo‘nalishida Yevropa mamlakatlaridan turli xil mahsulotlarni import qilish bo‘yicha istiqbolli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan ko‘maklashishga kelishib oldi. Shu bilan birga, ishtirokchilar BMB Za’faron milliy brendi ostida yetishtirilayotgan tabiiy za’faron o‘simligini Niderlandiya va Buyuk Britaniya bozorlariga eksport qilish istiqbollarini ham muhokama qildi.  

“HRM.ARGOS.UZ” tizimidan foydalanish yuzasidan Jizzax viloyatidagi boshqarma va tashkilotlar uchun onlayn va oflayn shakllarda seminarlar o‘tkazilmoqda.  

Hozirgacha o‘quv seminarlarda Jizzax viloyatidagi 30 dan ortiq boshqarmalar kadrlar bo‘limi xodimlari va tizimga mas’ul boshqa mutaxassislari o‘qitildi.  

O‘quvlar reja asosida tashkil etilib, har bir boshqarma va uning bo‘limlari uchun alohida tashkil etilishiga e’tibor qaratilmoqda.  

Bugun tashkil etilgan seminarda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi tizim tashkilotlari mas’ul xodimlarining malakasi oshirilib, “HRM.ARGOS.UZ” dan foydalanish bo‘yicha tartiblar ko‘rgazmali materiallar orqali tushuntirildi. Mazkur yo‘nalishda o‘quv seminarlar o‘tkazish davom ettiriladi.  

Joriy yilning 20 aprel kuni Zafarobod tumani “Madaniyat markazi” da tibbiyot xodimlari ishtirokida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida  targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda so‘z olganlar Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, sohaga doir muhim jihatlar xususida ma’lumotlar berdi va joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida barchani faol ishtirok etishga chorladi.  

Qozog‘istonning Chimkent shahrida sportning “O‘zbek jang san’ati” turi bo‘yicha “Jahon kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tdi.  

Dunyoning 16 davlatidan sportchilar ishtirok etgan ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi safida Forish tumani sport maktabi tarbiyalanuvchilari ham munosib ishtirok etdi.  

Musobaqa yakuniga ko‘ra, murabbiy Ibrohim Toshtemirov shogirdlaridan Jasmina Erxonovaga 2-o‘rin, Jasmina Keldiyevaga 3-o‘rin, Rasul Tojiboyev va Dilmurod Ulug‘bekovlarga esa 3-o‘rin nasib etdi.  

Mirzacho‘l tumanida 2023 yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi  15 ta uchastka tashkil etilgan.  

Referendum o‘tkazuvchi ushbu uchastkalarda komissiyalarning samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Referendum jarayonini boshqarishda axborot tizimi, ovoz beruvchilarning elektron ro‘yxati shakllantirilgan. Uchastkalar komissiya a’zolari uchun o‘quvlar tashkil etilmoqda.  

Mirzacho‘l tumanidagi referendum o‘tkazuvchi uchastkalarda ham kecha 19 apreldan boshlab muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi va ushbu jarayon 26 aprelga qadar davom etadi.  

A.QAYUMOV,

J.YORBEKOV (surat), O‘zA