English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
10:35 / 2023-03-11

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Pirxalov hamda Zafarobod tumanida oilaviy ajrimlarning oldini olish, ajrim yoqasiga kelib qolgan, notinch oilalar bilan ishlash, oilalardagi kelishmovchiliklar natijasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, ishtirokchilarga Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 maydagi “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarorining mazmun-mohiyati hamda oilalardagi notinchlik, zo‘ravonlikning bolalar tarbiyasiga salbiy ta’siri oqibatlari haqida tushunchalar berildi.  

Jizzax viloyati “Yo‘lko‘kalam” UK G‘allaorol tumani “Toza urug‘” QFY hududida joylashgan manzarali ko‘chatlarni yetishtirish bo‘yicha ko‘chatxonasida 25 turdan ortiq daraxt nihollari yetishtirilmoqda.  

10 gektar maydonda joylashgan ushbu ko‘chatxonada ayni kunda manzarali daraxtlarni urug‘idan ekish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Ko‘chatxona mirishkorlari qora qarag‘ay, yapon behisi, pensilvaniya shumtoli kabi manzarali daraxt ko‘chatlarini “Yashil makon” umummilliy loyihasi uchun hududlarga yetkazib bermoqda.  

Zomin tumanida Prezidentimizning 2022 yil 9 sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi farmoni ijrosi doirasida hududdagi korxona va tashkilotlar ma’muriy binolariga muqobil energiya texnologiyalarini  o‘rnatish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda.  

Jumladan, tuman IIB ma’muriy binosining tom qismiga umumiy quvvati 20 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi.  

Arnasoy va Do‘stlik tumanlarida “Yoshlar radikalizm va ekstrimizmga qarshi” mavzusida yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari, nuroniylar va yoshlar ishtirokida seminar tashkil etildi.  

Seminarning maqsadi terrorizm, ekstrimizm va radikalizmga qarshi kurashishda yoshlarning oldida turgan eng muhim vazifalar xususida mas’ullar tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.  

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Forish tuman bo‘limida Prezidentimizning 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni ijrosi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  

Tuman adliya bo‘limi barcha xodimlari va mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etgan tadbirda adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Bekzod Turopov korrupsiya taraqqiyot kushandasi ekanligi va xodimlar xizmat faoliyati davomida shaxsiy manfaat yo‘lida noqonuniy harakatlarni amalga oshirmaslik, korrupsiyaga yo‘l qo‘yishga – qonun bilan qat’iy jazo mavjudligi haqida atroflicha tushunchalar berdi.  

A.QAYUMOV,  

J.YORBEKOV (surat), O‘zA