Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zafarobod tumani bo‘linmasi tomonidan tuman maktablaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilarga seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida ma’naviy-ma’rifiy tizimda va yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish masalalari kelishib olindi. Tizimdagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Viloyat soliq boshqarmasida kasaba uyushma qo‘mitasining umumiy yig‘ilishi o‘tkazilib, mas’ullarning 2022 yilda amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisoboti tinglandi.
Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari J.Dostonov ochdi va boshqarib bordi.

2023-2024 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasini 2022 yilda bajarilishi bo‘yicha viloyat soliq boshqarmasi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi N.Shodmanova hisobot berdi.
Joriy yildan barcha viloyatlardagi kasaba uyushmalari markazlashgan holda Soliq qo‘mitasi tomonidan ish olib boradi. Yig‘ilish ishtirokchilari viloyat soliq boshqarmasi kasaba uyushmasi raisi etib N.Barakayevni saylashdi.

Yig‘ilish davomida Z.Abdunabiyeva, A.Yusupovlar so‘zga chiqdi va ishtirokchilar tomonidan kasaba uyushmasi faoliyatini qoniqarli deya baholadi.

E-auksion orqali olingan yerlar fuqarolarga ajratib berilmoqda.
Sharof Rashidov tumani 3-sektorga qarashli "Oqtoshota" MFY hokim yordamchilari ko‘magida hududda istiqomat qilayotgan, yerni qonuniy asosda ijaraga olgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ekish, parvarishlash bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarga yerlar ajratib berilmoqda.
A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA