Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
10:53 / 2023-02-23

Arnasoy tumani fermer xo‘jaliklari tomonidan 199 gektar maydonda uzum yetishtiriladi. Bu yerda 400 nafardan ziyod kishi doimiy va mavsumiy ish bilan band.

O‘tgan 2022 yil tumanda uzum yetishtirish bo‘yicha 25 gektar yangi tokzorlar barpo etildi. Joriy yilda bu ko‘rsatkich 2 barobarga oshmoqda. Jumladan, “REYAL TOKZORLAR KLASTERI” MCHJ tomonidan jami 120,1 gektar uzumchilik va sabzavotchilik uchun yer maydoni ajratilgan. Uzumchilik loyihasi uchun 50 gektar yer maydoniga iqlimlashtirilgan oq, qora kishmish uzum ko‘chatlarini ekish rejalashtirildi. Ayni paytda 8 gektar maydonga 9 ming donadan ortiq tok ko‘chatlari ekildi.  

***  

Baxmal tumanida “Aëllar tadbirkorligi yurt farovonligi” mavzusida ishsiz aëllar o‘quv markazlarida o‘qitilmoqda.  

Baxmal tumani xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari Buvrajab Bobomurodova, “Oqila aëllar harakati” yetakchisi Saodat Ëqubovalar mahallabay tizimida tadbirkorligini boshlayotgan xotin-qizlarga ma’ruza qilib, davra suhbatlari o‘tkazmoqda.  

***  

Zafarobod tumanida yashovchi “Temir daftar” ro‘yxatida turgan oilalarga Davlatimiz rahbarining joriy yil 10 fevraldagi viloyatga tashrifi doirasida yuklatilgan vazifalar ijrosi doirasida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan quyosh isitish tizimi o‘rnatib berilmoqda.  

bugungi kungacha tumandagi ana shunday 10 ta oilaga ana shunday uskunalar o‘rnatildi. Quyosh suv isitish tizimini o‘rnatilishi samarasida fuqarolarga qulay sharoit yaratilishi bilan birga elektr energiyasi tejalishiga hamda bu oilalar uchun ortiqcha sarf-xarajatlarni tejashga erishiladi.  

***  

Do‘stlik tumani hokimi Shavkat Darvishev hududdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning to‘g‘ri ovqatlanishi va ularga yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.  

Jumladan, tumandagi 2-sonli “Yulduzcha” DMTTda bolalarga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat ta’minoti, muassasadagi muammolar o‘rganilib, mutasaddilarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.  

***  

Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev sektor rahbarlari hamda xalq ta’limi mas’ullari bilan birgalikda samarali mehnatlari ortidan shogirdlari yaxshi natijalarga erishib kelayotgan bir guruh o‘qituvchilar bilan uchrashdi.  

Muloqot davomida tuman hokimi ta’lim berib kelayotgan o‘quvchilari umumta’lim fanlarini a’lo baholarga o‘zlashtirib, turli fan olimpiyadalari, ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritganligi, namunali xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgani, shuningdek, respublikamizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalari bo‘lib, yurtimiz ravnaqi uchun komil insonlar bo‘lib tarbiyalanishlari yo‘lida xizmat qilayotgan bir guruh o‘qituvchilarni e’tirof etib, ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

 

A.QAYUMOV,  

J.YORBEKOV (surat), O‘zA