Arnasoy tumanida aholi va ijtimoiy soha ob’ektlaridagi ayrim muammo va kamchiliklar vaqt talab qilganligi bois tuman hokimi boshchiligida bosqichma-bosqich sektorlar kesimida hal etilmoqda.

Shuningdek, tuman hokimligida o‘tkazilgan tadbirda Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi rahbari Nazira Muxtorova hamda viloyat ijtimoiy tibbiy xizmatlar boshqarmasi boshlig‘i birgalikda viloyat darajasida hal etilishi lozim bo‘lgan fuqarolar murojaatlari yuzasidan tumandagi 51 nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga reabilitatsiya vositalari tarqatildi.
***
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11 maydagi 252-sonli qaroriga muvofiq, 12 ta turdagi subsidiya mablag‘lari fuqarolarga hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida berilishi belgilangan.

Mazkur qaror asosida hokim yordamchilarining tavsiyasi bilan fuqarolarga subsidiyalar ajratilmoqda. Sharof Rashidov tuman “Yangi hayot” mahalla fuqarolar hokim yordamchisi tomonidan tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan fuqaroga zaruriy asbob-uskuna, mehnat qurollari topshirildi.

Tumanda bu boradagi amaliy ishlar davom etmoqda.
***
Baxmal tumanida tekstil korxonasida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi seminar tarzida tashkil etildi.
Yarmarkada tuman hokimligi, sektor rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchilari hamda tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirok etdi.

Mehnat yarmarkasida “Ayollar daftari” ga kiritilgan 12 nafar, “Yoshlar daftari” ga kiritilgan 9 nafar ishsiz fuqarolar bandligi ta’minlandi.
***
“Yashil energiya” ga bugungi kunda arzon va qulay energiya sifatida qaralmoqda. Do‘stlik tumani umumta’lim maktablarida o‘qituvchilar ishtirokida mazkur bitmas-tuganmas manbadan foydalanish bo‘yicha yig‘ilishlar bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, 20-sonli umumta’lim maktabida o‘tgan tadbirda “yashil energiya” ning qulayliklari haqida atroflicha tushunchalar berilib, yig‘ilish yakunida 20 dan ortiq o‘qituvchi o‘z xonadonida quyosh energiyasidan elektr toki ishlab chiqarish panelini o‘rnatish istagini bildirdi.
***
G‘allaorol tumani “Uzunbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida ishchi guruhlar tomonidan xonadonma-xonadon yurish orqali aholining muammolarini o‘rganish yuzasidan xatlov jarayoni amalga oshirish ishlari davom etmoqda.

Aholiga yog‘ingarchilik natijasida yuzaga keladigan sel-suvlaridan ogoh bo‘lishi, oziq-ovqat xavfsizligi, energiya resurslari va boshqa isitish vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.
A.QAYUMOV,
J.YORBEKOV (surat), O‘zA