Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
18:41 / 2023-01-15

Baxmal tumani hokimligida qish mavsumni betalofat o‘tkazish, energiya resurslari va gaz ta’minotidagi uzilishlarini oldini olish, oziq-ovqat narxlarining barqarorligini ta’minlash, barcha muassasa, ob’ektlar, yo‘llar, piyodalar yo‘laklarini qordan tozalash va boshqa masalalarni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berdi.

Noqulay ob-havo tufayli vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish maqsadida, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab, mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

G‘allaorol tuman hokimligi tashabbusi bilan tuman markazidagi dehqon bozorida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi davom ettirilib, unda turli oziq-ovqat, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, ho‘l mevalar, sabzavotlar, turli shirinliklar, o‘simlik moyi, asal, sut va sut mahsulotlari arzonlashtirgan narxlarda savdoga chiqarilgan.

Tuman hokimligi tomonidan bozorda davom etayotgan yarmarka nazorat qilinib, narx-navoni sun’iy ravishda oshirmaslik, sanitariya-gigena qoidalariga rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Zafarobod tumani 1-sektor hududidagi «Uzun» mahalla fuqarolar yig‘inida uyma-uy yurish, fuqarobay ishlash, aholi muammolari va murojaatlarini o‘rganish va hal etish yuzasidan o‘rganish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda.

Ishchi guruh a’zolari, mahalla faollari hamkorligida uyma-uy yurish orqali aholini anomal sovuq paytida qiynayotgan muammolar, jumladan, elektr, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir va boshqa murojaatlar joyida atroflicha o‘rganilib bartaraf etilmoqda.

Paxtakor tumani hokimi Asilbek Ashurov «Bog‘ishamol» mahalla hududida ijtimoiy ob’ektlar, Oilaviy poliklinika va ijtimoiy dorixonalarni ko‘zdan kechirdi.

Oilaviy poliklinikada bo‘lib tashkil etilgan dorixona va poliklinika shart sharoitlari bilan to‘liq tanishdi. Oilaviy poliklinika xodimlariga, aholi o‘rtasida iste’molga yaroqsiz bo‘lgan, muddati o‘tgan dori vositalardan foydalanmaslik choralarini ko‘rish borasida mutaxassislarga topshiriqlar berildi.

Mirzacho‘l tumani hokimi tashabbusi bilan tumanda istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar farzandlariga qish mavsumi uchun issiq qishki oyoq kiyimlari tarqatildi.

Jumladan, qishki oyoq kiyimlari 1-sektor hududidagi «Mustaqillik» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi kam ta’minlangan, boquvchisidan ayrilgan, ehtiyojmand oila farzandlari uchun tarqatildi. Xuddi shunday tadbir boshqa sektorlarda ham amalga oshirilmoqda.

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA