Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
21:21 / 2022-11-14

Davlatimiz rahbari tomonidan maktablarda yoshlarni “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘qitish, umumta’lim maktablarini zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta’minlash bo‘yicha bergan topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining shu topshiriq asosidagi 2021 yil 29 noyabrdagi “Yoshlarni “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlashga G‘allaorol tumani xalq ta’limi bo‘limida alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayni paytda, tuman mahalliy byudjetining xarajatlar rejasini oshirish hisobiga shakllantirilgan mablag‘lari hisobidan hududdagi 6 ta: 5-, 10-, 12-, 17-, 27-, 91-umumta’lim maktablariga kompyuter jamlanmalari yetkazib berildi.

***

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” hamda “Mahalla – besh tashabbus beshigi” ko‘rik-tanlovlarining Jizzax viloyati bosqichi g‘olib sportning sovrindor va turli nominatsiya sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” ko‘rik-tanlovida 1-, 2- va 3-o‘rinlar hamda 5 ta nominatsiya bo‘yicha, jami 15 nafar ishtirokchi, shuningdek, “Mahalla – besh tashabbus beshigi” ko‘rik-tanlovida 1-o‘rin Do‘stlik tumanidagi “Manas” mahalla fuqarolar yig‘ini, 2-o‘rin Paxtakor tumani “Bog‘ishamol” MFY hamda 3-o‘rin G‘allaorol tumani “Tozaurug‘” qishloq fuqarolar yig‘ini vakillari loyiq topildi.

G‘olib, sovrindor va turli nominatsiya sohiblari tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

***

Mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzandlar tarbiyasida ibratli, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida har yili o‘tkazib kelinayotgan “Yil ayoli” respublika ko‘rik-tanlovining Forish tumani bosqichi o‘tkazildi.

18 nafar xotin-qiz ishtirok etgan mazkur tanlovda tumandagi 11-sonli umumta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi Nilufar Xursanova g‘olib deb topildi. Endi u ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida Forish tumani sharafini himoya qiladi.

***

Zarbdor tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Zarbdor tumani bo‘linmasi hamda tuman sportni rivojlantirish bo‘limi hamkorlikda stol tennisi sport turi bo‘yicha 13-16 yoshdagi o‘smir o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida “Mahalla kubogi” musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tumandagi mavjud 16 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib o‘tgan 1-bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘smir o‘g‘il va qiz bolalar juftligidan tashkil topgan 32 ta jamoa 3-viloyat bosqichi yo‘llanmasi uchun bahs olib bordi.

[gallery-9576]

***

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Baxmal tumani bo‘linmasi tomonidan tumandagi ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilarga yig‘ilish seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda Prezidentimizning 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi va umumta’lim maktablarida ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar tomonidan 2022-2023 o‘quv yilining I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda II-choragi uchun rejalashtirilgan vazifalar bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan davra suhbati tashkil etilib, ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar ishtirokida esa qiziqarli trening o‘yinlari o‘tkazildi.

***

bugungi kunda oilaviy ajrimlar dolzarb muammo, jamiyatimizning og‘riqli nuqtasiga aylanib ulgurdi. Shu munosabat bilan Zafarobod tumani xotin-qizlar bo‘limi tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar va ko‘p muddatdan buyon birga yashamayotgan er-xotinlar muammolari o‘rganib chiqildi.

Ushbu yig‘ilishda 5 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar muammolari muhokama qilinib, ulardan 3 ta oila yarashtirildi va 2 ta oila azolariga yarashish uchun muddat berilib, nazoratga olindi.

***

Mirzacho‘l tumanida aholi, ayniqsa xotin-qizlarning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

Aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” Mirzacho‘l tuman filiali hamda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarka ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA