Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
11:56 / 2022-10-07

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Paxtakor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida “Jadidchilik” namoyandalarining hayot yo‘li, ijodi va ma’rifatparvarlik sa’y-harakatlariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda jadidchi bobolarimizning yurtimiz ravnaqi, xalqni ma’rifatli qilish yo‘lida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Davra suhbatidan ko‘zlangan maqsad, ma’rifatparvar bobolarimiz haqida har bir yoshning xabardorligini oshirish, ilmiy va ma’naviy dunyoqarashini boyitishdir.

* * *

Yangiobod tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi, mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tumandagi barcha umumta’lim maktablarida “Sog‘lom avlod kelajak poydevori” shiori ostida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda mas’ullar tomonidan yoshlarga erta tug‘ruq, erta turmushning salbiy oqibatlari, ularning oldini olish, shuningdek, xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar xususida ma’lumotlar berildi.

* * *

Zarbdor tumani 3-sektor rahbari Yoqubjon Akaboyev “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Murojaatlar tibbiy yordam ko‘rsatishdagi muammolar, ichimlik suvi ta’minoti, moddiy yordam, imtiyozli kredit, oliy ta’lim muassasa shartnoma to‘lovlari kabi masalalar bo‘yicha bo‘ldi. 

Ushbu murojaatlarning 4 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, qolganlari vaqt va mablag‘ talab etganligi sababli mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

* * *

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan G‘allaorol, Forish va Baxmal tumanlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda asosiy e’tibor bolalar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar va ovqatdan zaharlanish, soha xodimlari ishtirokida qonunbuzarliklarga chek qo‘yish masalalariga qaratildi.

* * *

Forish tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi, “Forish tumangaz” korxonasi va milliy gvardiya xodimlari aholi xonadonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanishning oldini olish borasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish bilan birga, xonadonlardagi isitish moslamalarini ham ko‘rikdan o‘tkazmoqda.

Ko‘riklar jarayonida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, nostandart isitish moslamalari vaqtincha olib qo‘yilmoqda.

* * *

Jizzax garnizonidagi “n” harbiy qismida Sharof Rashidov tumanidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi. O‘quvchi yoshlarga harbiy qism haqida ma’lumot berilib, o‘quv binodagi Jaloliddin Manguberdi hamda Amir Temur tematik xonalari bilan tanishtirildi. 

Tadbir yakunida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat, mardlik, jasorat va matonat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.

 

A.Qayumov, 
J.Yorbekov (surat), O‘zA