1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni oldidan G‘allaorol tumanida o‘tkazilgan “Mahoratli notiq” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi ishtirokchilari 3 ta shart bo‘yicha bellashdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, G‘allaorol tumani XTB tasarrufidagi 52-sonli umumta’lim maktabining ijodiy va madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchisi Sarvinoz Mamanova eng yuqori ball to‘plab, g‘olib bo‘ldi. U tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.


Ko‘rik-tanlov g‘olib, sovrindor va faol ishtirokchilari Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tomonidan taqdirlandi.
* * *
Mirzacho‘l tumani “Bog‘bon” qishloq fuqarolar yig‘inida Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, sportni rivojlantirish bo‘limlari bilan hamkorlikda velo-sayl tashkil etildi.

Unda tumandagi nuroniylar ishtirok etib, ular 1,5 kilometr masofada velosipedda sayr qildi. Tadbirda ishtirok etgan nuroniylardan 3 nafariga mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limining esdalik sovg‘alari topshirildi.
* * *
Zarbdor tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosarining joriy yil 9 iyundagi topshirig‘i ijrosi yuzasida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida elektron ta’lim resurslaridan samarali foydalashni tashkil etishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda viloyat xalq ta’limi mutaxassislari ma’ruzalar o‘qimoqda.
* * *
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunlik tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus loyihasi bo‘yicha, Zomin tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumida Yoshlar ittifoqi tuman kengashi tashabbusi bilan rasm chizish bo‘yicha ijodiy tanlov o‘tkazildi.

Tanlovning quyi bosqichidan saralab olingan rasm chizish bilan shug‘ullanuvchi 9 nafar iste’dodli yosh yigit-qiz o‘z ijod namunalarini namoyish etdi.
* * *
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov paxta yig‘im-terimi jarayonida hududlardagi jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida faollik ko‘rsatayotgan bir guruh soha vakillarini rag‘batlantirdi.
Sharof Rashidov tumani IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda 4 nafar xodimga tashakkurnoma maishiy elektrotexnika buyumlari topshirildi.

Ana shunday tadbir Mirzacho‘l tumanida ham tashkil etilib, 16 nafar namunali xodim boshqarma boshlig‘idan tashakkurnoma va sovg‘alarni qabul qilib oldi.
Do‘stlik tumani ichki ishlar bo‘limida ham shunday tadbir o‘tkazilib, unda 8 nafar xodim tashakkurnoma hamda yana bir guruh soha vakillari sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA