English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
11:21 / 2022-09-23

G‘allaorol tumanidagi “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘inida oila institutini mustahkamlash, ajrimlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilib, “Biz ajrimlarga qarshimiz” shiori ostida uchrashuv tashkil etildi.

Ishtirokchilarga G‘allaorol tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, reabilitatsiya va moslashtirish markazi, tuman targ‘ibot guruhi hamda “Buvijonlar maktabi” rahbar va a’zolari tomonidan ma’lumot berildi.

* * *

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri uyushtirildi.

Unda Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi hamda Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tergovchisining korrupsiyaga qarshi kurashish, Jizzax viloyati IIB YHXB vakilining yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda Jizzax viloyati IIB tibbiyot bo‘limi shifokorining o‘t-tosh kasalliklari profilaktikasiga oid ma’ruzalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

* * *

Yangiobod tumanida ochiq mustaqil tanlovlarni o‘tkazishda ishtirok etadigan davlat organlari va tashkilotlari suhbat komissiyalari a’zolarining bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

Unda hududiy davlat organlari va tashkilotlarda suhbat komissiya a’zolari bo‘lgan mas’ullar ishtirok etib, tadbir davomida ochiq mustaqil tanlovlarning joriy holati, yuzaga kelayotgan muammo va ularni bartaraf etish choralari, suhbatni to‘g‘ri tashkil etish hamda uni o‘tkazishda qo‘yilgan talablar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

* * *

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Forish tuman kengashi, Oybek nomli mahalla fuqarolar yig‘ini hamda “Oqila ayollar” harakati  hamkorligida tuman ko‘p tarmoqli markaziy  poliklinikasining  “Ayollar maslahatxonasi” tarkibidagi “Onko-nazorat” xonasida ayollar orasida onkologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida “Sog‘lom ayol kerak hayotga” loyihasi doirasida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

“Sanser" nazorati xonasi onkologik kasalligi bo‘lmagan sog‘lom ayollar o‘rtasida ayollar reproduktiv tizimining o‘sma oldi kasalliklari va xavfli o‘smalar, xususan, ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni saratoni kasalliklarining oldini olish maqsadida tashkil etilgan tibbiy ko‘rik, xotin-qizlarda  onkologik xastaliklarning oldini olishda muhim o‘rin tutmoqda.

* * *

Mirzacho‘l tumani yoshlari o‘rtasida ommaviy sport, kitobxonlik, madaniyat va san’at, intellektual o‘yinlari, axborot texnologiyalari bo‘yicha 5 bosqichli  “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumini tashkil etish yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi direktorining buyrug‘iga binoan “Stryeyet Workout” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuv so‘ngida g‘olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilarining qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

* * *

Paxta yig‘im-terimi mavsumi davomida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik va bu borada aholining xabardorligini oshirish, shuningdek, targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha Jizzax viloyat bandlik bosh boshqarmasi hamda Arnasoy tuman aholi bandligiga ko‘maklashi markazi tomonidan belgilangan jadval asosida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Arnasoy tumani “Yangibo‘ston” SIUda mahalliy aholi va Buxoro viloyatidan kelgan 60 nafar, “Oltin vodiy” SIUda mahalliy aholi va Surxondaryo  viloyatidan kelgan 108 nafar, “Hamdo‘stlik” SIUda mahalliy aholi va Samarqand viloyatidan kelgan 80 nafar terimchi o‘rtasida mehnat shartnomalarida ko‘rsatilgan tomonlarning vazifalari, majburiyatlari va qonun buzilish holatlari ro‘y berganda javobgarlik masalalari to‘g‘risida tushuntirishlar berib o‘tdi.

* * *

Zomin tumanida Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazilib, unda Zomin tuman hokim o‘rinbosari hamda Jizzax viloyatidagi aloqa korxonalari va mobil aloqa kompaniya rahbarlari ishtirok etdi.

Telekommunikatsiya xizmatlari, jumladan, mobil aloqa va internet xizmatlari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar shu kunning o‘zida ijobiy hal etildi. O‘rganish talab qilinadigan murojaatlar nazoratga olinib, mas’ul rahbarlarga esa topshiriqlar berildi. Sayyor qabulda 50 nafardan ziyod fuqaro ishtirok etdi.

 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA