Mamlakatimizda dam olish kunlari bo‘lishiga qaramay, Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan O`zLiDeP Jizzax viloyat kengashi “Ayollar qanoti” guruhi faollari tomonidan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida turli xil madaniy-ma’rifiy tadbirlar, xotin-qizlar uchun “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etilmoqda.

Navbatdagi shunday bepul tibbiy ko‘riklardan biri - Doctor-Akmal ko‘p tarmoqli xususiy tibbiyot markazida tashkil etilib, unda, Jizzax shahridagi “Shodlik”, “Jizzaxlik”, “Kimyogar”, “Toshloq”, “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, “Ayollar daftari”da turuvchi xotin-qizlar turli xil yo‘nalishdagi tibbiyot xodimlari ko‘rikdan o‘tkazildi.
* * *
Forish tuman 3-sektor hududidagi bahor faslida kuchli sel kelgan “Egizbuloq” MFYda obodonlashtirish va ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda.

Jumladan, mahallaga olib boruvchi asosiy yo‘lning ichki tarafiga beton ariqlar yotqizilib, betondan piyodalar yo‘lagi bunyod etildi. Ayni kunda ichki avtomobil yo‘llarga qum-shag‘al to‘kib tekislanib, asfalt qoplama yotqizish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda.
* * *
Zomin tumanida Jizzax viloyati hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho‘’basi rahbari tomonidan maxsus o‘quv darsi o‘tkazildi.
Ushbu o‘quv darsida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik talablari va normalari, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati borasida batafsil tushunchalar berildi.
* * *
Jizzax viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari B.Tashpulatov sektor mas’ullari va hokim yordamchilari bilan birgalikda Sharof Rashidov tuman “Nonosangil” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, nogironi bor oila a’zolari bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolar, dardu tashvishlarini tingladi.

Mahallabay tizimida amalga oshirilgan uchrashuv doirasida aholi tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarning 45 foizi joyida o‘z yechimini topdi, 10 foiz murojaatchiga huquqiy maslahatlar berildi, qolgan murojaatlar ijro uchun qabul qilinib, mutasaddilarga aniq topshiriq va vaqt belgilandi, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Uchrashuv so‘ngida ehtiyojmanlarga bayram sovg‘alari, 2 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi topshirildi.
* * *
Forish tuman prokurori, 2-sektor rahbari Ikrom Narziyev rahbarlik qilayotgan 2-sektor hududidagi Musoqul Orolov nomli, “Qoraabdol ota”, “Narvon”, “Mustaqillik”, “Ilonli” va “Garasha” mahalla fuqarolar yig‘inlarida Mustaqilligimizning 31 yillik bayrami kunlari sektor rahbariyati va ishchi guruh a’zolari birgalikda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar oldi.

Ushbu MFYdagi barcha ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand, oilasida nogironligi bo‘lgan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turuvchi fuqarolarga bayram sovg‘alari topshirildi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA