Yangiobodda Prezidentimizning 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tuman ma’naviyat va ma’rifat kengashining 1-yarim yillikda amalga oshirgan ishlari muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi, kengash raisi I.Qarshiboyev sohadagi mavjud muammolarni tanqidiy tahlil qilib, mas’ullarga tegishli vazifalar yukladi.
Kengash ishida Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2-yarim yillikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalari belgilandi.
* * *
Arnasoyda Prezidentimizning 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosi yuzasidan “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda 1-o‘rinni olgan tumandagi “Zarafshon” MFYning faol nuroniysi Rahmat Begayev 2 million 100 ming so‘m, “Bo‘ston” MFY faol nuroniysi Nurali Balqiyev 1 million 500 ming so‘m hamda “Baxtli” MFY faol nuroniysi Norchuchuk Tursunqulova 900 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
* * *
Yoshlar ishlari agentligi Mirzacho‘l tuman bo‘limi hamda tuman axborot kutubxona markazi xodimlari hamkorlikda mahalla fuqarolar yig‘inlari bo‘ylab “Kitob karvoni” shiori ostida ko‘chma kutubxona tashkil etdi.

Mahallalar aholisi kitobga bo‘lgan qiziqishlarini bildirib, kutubxonaga a’zo bo‘ldi va o‘zlariga yoqqan kitoblarni o‘qib chiqish uchun olib qoldi.
* * *
Zarbdor tuman prokurori o‘rinbosari D.Abdurasulov 2-sektor hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Unda hududdagi MFYlarga biriktirilgan hokim yordamchilari, tumandagi mutasaddi tashkilot hamda idoralar vakillari ishtirok etdi.

Qabulda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarning 5 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, 2 nafar fuqaroga huquqiy malahatlar berildi. 12 ta murojaat vaqt va mablag‘ talab qilganligi sababli tegishliligi bo‘yicha idora va tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
* * *
Jizzaxda yoshlar o‘rtasida sud hukmlari muhokamasi va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar, jinoyatlarning barvaqt oldini olish maqsadida yoshlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari, davra suhbatlari va tushuntirishlar olib borilmoqda.
Jizzax politexnika institutida Jizzax shahar prokurori katta yordamchisi O.Odilov, Jizzax viloyat sudi raisi O‘.Jumayev, jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi sudyalari I.Muhammedova hamda E.Qarshiyeva ishtirokida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha davra suhbati hamda sud hukmlari muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
* * *
Do‘stlik tumanidagi mavjud 18 ta referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari raisi, o‘rinbosari hamda kotibligiga nomzodlar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Malakali mutaxassislar ishtirokida olib borilgan mashg‘ulotlarda referendumga tayyorgarlik ko‘rish, shaffof tarzda o‘tkazish bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida nomzodlarning bilimlari test orqali sinovdan o‘tkazildi.
* * *
Shu kunlardagi anomal issiq dov-daraxtlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Shular inobatga olinib, Forish tumanidagi barcha korxona, tashkilot, muassasalarda, aholi xonadonlarida ko‘chalardagi daraxtlarni sug‘orish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, bu yil ekilgan daraxt ko‘chatlari parvarishiga alohida e’tibor qaratilgan. Boisi hozirgi issiq davrda sug‘orilmagan yosh nihol qurib qolishi tayin. Amalga oshirilayotgan bu ishlarning barchasini tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi xodimlari nazorat qilib bormoqda.
* * *
Zomin tumanida “Ye-Auksion” Elektron-onlayin savdolarini tashkil etish markazi Jizzax viloyati davlat unitar korxonasi tomonidan seminar tashkil etildi.
Unda “Ye-Auksion” elektron savdo platformasi orqali auksion va tanlovlarda ishtirok etish tartibi, savdo platformasidan ro‘yxatdan o‘tish, elektron raqamli imzo kalitini olish hamda “Ye-Auksion” elektron savdo platformasi bo‘yicha tadbirkorlar va fuqarolarning savollariga Markazning Jizzax viloyati DUK vakili Farxod Murodov tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan “Siyosiy ma’rifat soati” o‘tkazildi.
G‘allaorol tuman hokimligining apparat xodimlari ishtirok etgan siyosiy-ma’rifiy soatda spikerlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va davlat boshqaruvi sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
* * *
Jizzax viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Tashpulatov tashabbusi bilan Zarbdor tumani 4-sektor hududidagi “Nonisangil” mahalla fuqarolar yig‘inida yangi basseyn va sun’iy qoplamali futbol maydoni qurilishi nihoyasiga yetkazilmoqda.

Havo haroratining isib ketishi tadbirkorlarimizning yangi-yangi loyihalarni amalga oshirish sari undayotir. Viloyat DSB boshlig‘i, 4-sektor rahbari tashabbusi bilan tadbirkor Obid G‘apporov tomonidan qurilayotgan suv havzasining umumiy loyiha qiymati 100 million so‘mni tashkil etib, hajmi 25x12 metrdan iborat. Shuningdek, loyiha qiymati 500 million so‘mlik sun’iy qoplamali futbol maydonida ham so‘ngi pardozlash ishlari olib borilmoqda.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA