Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
12:05 / 2022-03-01

Do‘stlik tumanida 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi – Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun maktab o‘quvchi qizlari o‘rtasida gandbol bo‘yicha “Hokim kubogi” uchun bellashuvlar boshlandi.

Musobaqada tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi gandbolchilar jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 1-darajali diplom, esdalik sovg‘alari hamda “Hokim kubogi” bilan taqdirlandi. Boshqa sport turlari bo‘yicha ham bellashuvlar davom etmoqda.

* * *

Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan 542 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining faqat 5 tasi “Zamonaviy maktab” maqomiga ega.

Paxtakor tumanidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi ham ana shunday e’tirofga sazovor bo‘ldi. Ushbu maktabga Xalq ta’limi vazirligi va Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazining “Zamonaviy maktab” maqomini tasdiqlovchi sertifikat topshirildi.

* * *

Yangiobod tumanida Jizzax viloyat ayollarni riyabilitatsiya qilish va moslashtirish boshqarmasi, tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, adliya hamda FHDYO bo‘limlari hamkorligida “Tazyiq va zo‘rovonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni himoya qilishdagi zarur profilaktik chora-tadbirlar” hamda “Himoya orderi”mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tumandagi barcha qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda faollari ishtirok etgan tadbirda mutaxassislar mavzu yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdi.

* * *

G‘allaorol tumani hokimligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan onlayn “Siyosiy (Ma’rifat) soati” o‘tkazildi.

Mazkur o‘quvda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, davlat boshqaruvi sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati to‘g‘risida so‘z bordi.

* * *

Sharof Rashidov tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan hududdagi 48 ta qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari fuqarolariga zarur sayyor xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

E’tiborlisi, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turuvchi fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida elektron raqamli imzo olish ehtiyoji bo‘lganlarga tumandagi barcha QFY va MFYlarda belgilangan jadval asosida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

* * *

Yoshlar ishlari agentligi Zomin tuman bo‘limi tashabbusi bilan “Guliston” MFY hududida joylashgan “Luqmonxon Eshon bobo” qabristonida ko‘ngilli yoshlar ishtirokida hashar uyushtirildi.

Unda 120 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, ariqlar tozalandi, tozalik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

* * *

Baxmal tuman hokimligi, maktabgacha ta’lim, Ma’naviyat-ma’rifat markazi tuman bo‘limlari, ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi hamkorligida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “Yosh adabiyotchilar oyligi” doirasida “Zukko tarbiyachi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda 2-sonli DMTT jamoasi birinchi, 5-sonli DMTT jamoasi ikkinchi va 18-sonli DMTT jamoasi uchinchi o‘rinlarni egallab, diplom, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

* * *

Zafarobod tumanida ov quroliga ega bo‘lish huquqi bo‘lgan fuqarolar bilan mutasaddi idoralar xodimlari tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda viloyatda sodir etilgan qurol bilan bog‘liq qotillik va baxtsiz hodisalar tilga olinib, ov qurollarni saqlash, ov qilish qoidalari va xavfsizligiga qat’iy rioya etish bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, ov chog‘ida va quroldan foydalanishda xavfsizlik qoidalari bayon etilgan eslatmalar bukleti tarqatildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA