Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
10:34 / 2022-02-25

Arnasoy tumanida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyati kengashi tomonidan “Biz kelajak uchun javobgarmiz!” shiori ostida “Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishda yoshlarning o‘rni” mavzusida “Dolzarb 15 kunlik” targ‘ibot tadbirlari doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

E’tiborli jihati, “Dolzarb 15 kunlik” targ‘ibot tadbiri viloyatning har bir shahar, tuman, qishloq va mahallalarida bo‘lib o‘tmoqda va unda uyushmagan yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etayotir.

* * *

Forish tumanida yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash va daromadini oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Tumanning 3-sektor hududidagi “Egizbuloq” mahallasida aholi, ayniqsa yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish maqsadida 10 ta issiqxona tashkil etilmoqda. Ushbu xayrli tadbir tumanning boshqa mahallalarida hamamalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

* * *

Zarbdor tuman hokimligda Prezidentimizning 2021 yil 29 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan sektor rahbarlari, ishchi guruh a’zolari, jamoatchilik faollari, mahalla raislari va inspektorlar uchun o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.

Unda farmonning mazmun-mohiyati, hujjatda ko‘rsatib o‘tilgan jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi sub’ektlar haqida ma’lumot berildi.

* * *

Mirzacho‘l Agrasanoat texnikumi talabalari bilan 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili munosabati bilan tashkil etilgan davra suhbarida tuman “Veteran” jangchi-faxriy nogironlar bo‘linmasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, din ishlari bo‘yicha tuman mas’ullari ishtirok etdi.

“Yosh Vatanparvarlarni tarbiyalash-faxriylarning muqaddas burchidir”, “Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi” hamda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularidagi ma’ruzalar tadbir ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.

* * *

Paxtakor tuman prokurori I.Begashev tuman mutasaddi tashkilotlari bilan birgalikda mahallalarda fuqarolar va yoshlar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tinglamoqda.

 

“Olmazor” MFYda o‘tgan uchrashuvda shu mahallada istiqomat qiluvchi 4 nafar yoshning murojaati joyida hal etilib, “Yoshlar jamg‘armasi” hisobidan oliy ta’lim muassasasidagi kontrakt to‘lovining 50 foizigacha bo‘lgan qismini to‘lab berish to‘g‘risidagi va 1 nafar yoshga ATB “Agrobank” tuman filiali tomonidan “Har bir oila tadbirkor” dasturi bo‘yicha kredit olish to‘g‘risidagi sertifikat topshirildi.

* * *

Yangiobod tumanidagi qishloq va har bir mahallada aholi, yoshlar ma’naviyatini o‘stirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish borasidagi loyihalar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Xususan, tumanning 2-sektoriga qarashli “Balandchaqir” MFYda axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” mavzusida targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi. Ushbu aksiya tumanning har bir mahallasida grafik asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

* * *

Zomin tumanida tashkil etilgan seminar – Prezidentimizning 2020 yil 13 oktyabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga qaratildi.

Ushbu seminarda mahalla fuqarolar yig‘inlariga tayinlangan hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va tadbirkorlikni boshlash istagini bildirgan yoshlar ishtirok etdi.

* * *

G‘allaorol tumanidagi barcha mahallalarda aholi va yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Biz bilan bajar, bizdek bajar, bizdan yaxshiroq bajar”, “Sport bilan birga sog‘lom bo‘laylik” shiorlari ostida piyoda yurish marafoni va badantarbiya mashqlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan aholini jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga keng jalb etish va ularni jismoniy chiniqtirishdan iborat.

Tumandagi “Lalmikor” MFYda tashkil etilgan xuddi shunday sport tadbirida mahalla ahli faol ishtirok etdi.

 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA