Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
19:01 / 2022-02-16

Zomin tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Dashtobod o‘quv markazida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbir davomida markazda tahsil olayotgan tinglovchilar hamda muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida, Zomin tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilimlarni yanada shakllantirish va yo‘l-transport hodisalari oldini olish bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Arnasoy tumani Bobur mahalla fuqarolar yig‘inida odam savdosi oqibatlariga qaratilgan sayyor uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirokchilar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi M.Ernazarov “Odam savdosi jinoyati tushunchasi, uning salbiy oqibatlari va mazkur jinoyatning oldini olish choralari” mavzusida ma’ruza qildi. Qonunda bu jinoyat uchun belgilangan jazo choralari, sudda ko‘rib chiqilgan jinoyat ishlari, tayinlangan jazolar, jinoyatlarning oqibatlari haqida so‘z bordi.

G‘allaorol tumani madaniyat markazida “Bahor taronalari” nomli ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ishtirokchilarning eng yaxshi maqom, estrada, lapar, milliy qo‘shiqlar va eng yaxshi raqs ijrochiligi yo‘nalishlari bo‘yicha iqtidorlari sinovdan o‘tkazildi.

G‘oliblarga “Bahor taronalari” ko‘rik-tanlovining viloyat boqichida ishtirok etishlari uchun yo‘llanmalar, tuman hokimligining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Viloyat markazidagi tibbiyot muassasalarida yuqori malakali shifokorlar tomonidan Zafarobod tumanida yashovchi sog‘ligida muammolari bo‘lgan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”da turuvchi, kam ta’minlangan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ko‘rik natijalariga ko‘ra, ba’zi fuqarolarga uy sharoitida davolanish uchun dori-darmonlar tavsiya etilgan bo‘lsa, ba’zi fuqarolarga davolashnishi uchun viloyat va tuman shifoxonalariga maxsus yo‘llanmalar ajratildi.

Jizzax shahridagi tibbiyot muassasalariga kelib, fuqarolarning to‘liq va sifatli tibbiy ko‘rikdan o‘tishi uchun zarur transport vositalari ajratildi.

Zarbdor tumanida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ish samaradorligini yanada oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi yetakchilariga tuman hokimligi tomonidan mahalliy byudjet mablag‘larining orttirib bajarilgan qismi hisobidan noutbuk olib berildi.

Yangibodda harbiy xizmatchilarning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, bilimlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yangiobod tuman kengashi hamda DXX chegara qo‘shinlariga qarashli “n” harbiy qism hamkorligida yosh harbiy xizmatchilar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Qizg‘in bahs va munozaraga boy o‘tgan musobaqada “Qalqon” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va jamoa a’zolari tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Forish tumanining chekka hududi “Do‘stlik” va “Oqtom” mahallasiga tayinlangan hokim yordamchilariga Jizzax viloyat hokimligi tomonidan velosiped topshirildi.

Shuningdek, mahallalarda ish faoliyatini yaxshi tashkil etayotgani va tashabbuskorligi uchun har ikki hokim yordamchilari V.Shavqiyev hamda A.Vohidov viloyat hokimligi tomonidan rag‘batlantirildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA