Arnasoy tumani “Zarafshon” MFYda hokim yordamchisi Saidahmat Abdazov 2022 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, ijrosi yuzasidan mahalladagi ishsiz aholini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida mahalla fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni mutasaddi idoralar bilan bog‘lanib, qisqa fursatlarda bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.
* * *
Sharof Rashidov tumani “Toshkentlik” MFYda istiqomat qiluvchi tadbirkor Rustam Saidazimov tomonidan “HUGE TOURISM” MCHJ O‘zbekiston buylab sayohatni amalga oshirish faoliyati tashkil etildi.
U Xitoyda ishlab chiqarilgan 37 o‘rinli “YUTONG” rusumli zamonaviy avtobus olib keldi va endilikda tuman va shahar aholisini yurtimiz bo‘ylab sayohat qilishlari uchun imkon yaratdi. Kelajakda MCHJ rahbari avtobuslarni yanada kupaytirishni rejalashtirgan.
* * *
G‘allaorol tumanidagi “Alamli” MFYda 1-sektor kotibi Jasur Joniqulov, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i Oybek Nazarov ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatida olib borilayotgan islohotlar haqida tushunchalar berildi. Yoshlarning taklif va muammolari tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha kelishib olindi.
* * *
Jizzax viloyat IIB boshlig‘i G‘.Qodirov va Zafarobod tuman hokimi N.Radjapov tumanning “Uzun” qishloq fuqarolar yig‘inida o‘z tomorqa yer maydonidan samarali foydalanib kelayotgan aholi xonodonlari va yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik loyihalarini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish jarayonida hududdagi hokim yordamchisi U.Nurmatovga aholining tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishi yuzasidan tegishli tavsiyalar, namunaviy xonadon va ko‘chalarni tashkil etish topshiriqlari berildi.
* * *
Yangiobod tumani “Sarmich” MFYda yashovchi “Temir daftar” ro‘yxatida turuvchi fuqaro M.Mavlonovaga tuman hokimligi, 4 sektor raxbari hamda “Mahalla” hayriya jamoat fondi tomonidan e’tibor ko‘rsatilib, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan uy-joyini tamirlash uchun qurilish materiallari yetkazib berildi.
* * *
Zomin tumanida yoshlar uchun “Xalq va armiya bir tanu bir jondir!” shiori ostida chegara qo‘shinlari harbiy qismiga sayohat tashkil etildi.
Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi va shu hududdagi “n” harbiy qism tomonidan tashkil etilgan dasturda tumandagi chegara oldi mahallalarda istiqomat qiluvchi yuz nafardan ortiq yosh ishtirok etdi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA