Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati vakillari musobaqa g‘olibi
17:47 / 2017-11-14

Namanganda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining korxona, tashkilot va muassasalardagi a’zolari o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Yoshlar” oltin to‘pi” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Namanganda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining korxona, tashkilot va muassasalardagi a’zolari o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Yoshlar” oltin to‘pi” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasida 2017-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi” doirasida tashkil etildi.

7 (1).jpg

Unda musobaqaning Buxoro, Surxondaryo, Sirdaryo, Namangan viloyatlarida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy bosqichlarida g‘olib bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanidagi “Qo‘ng‘irot soda zavodi”, Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanidagi 20-umumta’lim maktabi, Jizzax viloyatining Zarbdor, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanlaridagi bolalar va o‘smirlar sport maktablari jamoalari mutloq g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, shohsupaning eng yuqori pog‘onasini jizzaxlik sportchilar egalladi. Ikkinchi o‘ringa Namangan viloyati, uchinchi o‘ringa Qoraqalpog‘iston Respublikasi voleybolchilari sazovor bo‘ldi.

G‘olib va sovrindor jamoalarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqining kubogi, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.