Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
12:30 / 2024-12-30

Azimov Zafar Abdumajidovich viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Zafar Azimov 1985 yilda Samarqand viloyati, Samarqand shahrida tavallud topgan.

Mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

Shuningdek, Ro‘ziyev Zafar Sharopovich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Zafar Ro‘ziyev 1964 yilda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida tavallud topgan.

Mazkur tayinlovga qadar 2019 yildan  buyon Zarbdor tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi.  

Ma’lumot uchun: viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alikni qisqartirish  masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida 2021 yildan bugungi kungacha Mustanov Abdivalijon Saidovich hamda viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2019 yildan bugungi kungacha Ashurmatov Oybek Shodmonqulovich ishlab kelayotgan edi.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri