O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi Jizzax viloyatidagi 553 ta saylov uchastkasida qizg‘in davom etmoqda.
Jizzax shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabida tuzilgan 44-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlarida shahar aholisi faollik bilan ishtirok etmoqda.
Ushbu saylov uchastkasiga ko‘p ming sonli fuqarolar qatori Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev oila a’zolari bilan birgalikda borib, o‘zi munosib deb topgan Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarga ovoz berdi.
[gallery-20039]
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi yurtimiz taraqqiyoti, fuqarolarimiz farovonligini belgilab beradigan juda ham muhim siyosiy jarayon ekanligini alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim, – dedi Ergash Saliyev. – Mazkur saylovda ishtirok etish bilan Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan fuqarolik burchimizni ado etgan bo‘lamiz.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/AAxpH9iZTyI" title="Jizzax viloyati hokimi ovoz berdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>A.Qayumov, J.Yorbekov (surat, video),
O‘zA muxbirlari