Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati hokimi Forish tumanida sayyor qabul oʻtkazdi
11:07 / 2020-08-29

Karatin davrida toʻhtab qolgan sayyor qabullar yana boshlandi.


Karatin davrida toʻhtab qolgan sayyor qabullar yana boshlandi. Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev shu haftadagi ikkinchi sayyor qabulni Forish tumanida oʻtkazdi. Hokim bundan avval Sh. Rashidov tumanida sayyor qabul oʻtkazgan edi.

Toʻliq kapital taʼmirlashdan chiqarilib, yaqinda foydalanishga topshirilgan tuman Madaniyat markazida sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda oʻtkazilgan sayyor qabulda viloyat va tuman korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Ergash Soliyev sayyor qabul avvalida yigʻilganlarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yillik bayrami bilan tabrikladi.

Hokim oʻz soʻzida ayni kunda viloyatda koranavirus infeksiyasiga qarshi olib borilayotgan ishlarga batafsil toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, viloyatda aholini kambagʻallikdan chiqarish va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar haqida soʻz yuritib, fuqarolarning murojaatlari eʼtiborsiz qolmasligini, har bir talabga, taklif va savolga tegishli idora, tashkilot, korxona, muassasalarning rahbarlari ochiq-oydin javob berishi va bajarishini taʼminlashi shartligini taʼkidladi.

Sayyor qabulda fuqarolarning kommunal soha, bandlikni taʼminlash, qishloq infratuzilmasini yaxshilash, bank krediti, uy-joy uchun yer ajratish, uy-joyni kadastrdan oʻtkazish, ichimlik suv taʼminotini yaxshilash, maktablarga qoʻshimcha binolar qurish, ichki yoʻllarni taʼmirlash va boshqa masalalar bilan bogʻliq murojaatlari mutasaddi tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida oʻrganib chiqildi.

Xususan, Amir Temur nomli mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Pastkoʻcha qishlogʻida yashovchi Abror Turgʻunov oʻz mahalladoshlari fikrini bayon qilib, shunday dedi:

– Bizning Pastkoʻcha va Koʻhnabozor qishloqlari tuman markaziga yaqin masofada joylashgan boʻlsada qishloqlar aholisi bitta-ikkita buloqlarni hisobga olmaganda toza ichimlik suv bilan taʼminlanmagan. Aholi uzoq masofalardan turli transportlarda ichimlik suvini tashib ichadi. Bundan tashqari har ikkala qishloqlardagi ichki yoʻllar taʼmirlanmagan. Mahalla hududidan oʻtgan Bogʻdon shaharchasidan Yatoq qishlogʻiga olib boruvchi yoʻl ham bundan bir necha yil oldin sifatsiz asfaltlangani sababli remont talab boʻlib qolgan. Men shularni soʻrab mahallamiz aholisi nomidan sayyor qabulga kelgandim. Mening murojaatim eʼtiborga olinib, barcha ishlar 2021-yil dasturiga kiritiladigan boʻldi.

Qoʻlba qishlogʻida yashovchi mehnat faxriysi Kengash Mirzaqulov qishloqdagi 12-umumtaʼlim maktabi oʻyingohi bundan bir necha yillar oldin uy-joy qurish uchun fuqaroga berilgani, ushbu masala hamon tortishuvga sabab boʻlayotganini va mazkur masalani uzil-kesil hal qilib berishni soʻradi. Koʻhnabozor qishlogʻida yashovchi mehnat faxriysi Aliddin Sorabekov qishloqdagi 5-umumtaʼlim maktabiga qoʻshimcha bino qurilishida yordam soʻrab murojaat etdi.

Sayyor qabulda barcha murojaatlarni oʻz vaqtida hal etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.