Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati Forish tumanida yangi tayinlov amalga oshirildi
17:04 / 2025-11-01

Bugun, 1 noyabr kuni Jizzax viloyatining Forish tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat G‘aniyevlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilish kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Viloyat hokimi tomonidan Forish tumani hokimi lavozimiga Islomov Sohib Yaxshibekovich nomzodi deputatlar e’tiboriga tavsiya etildi.

Deputatlar nomzodni qo‘llab-quvvatlab, viloyat hokimining taklifini bir ovozdan ma’qullashdi va Sohib Islomov Forish tumani hokimi etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish mumkinki,  Sohib Islomov mazkur tayinlovga qadar “Qishloq xo‘jaligida yuqori texnologiyalar agrotexnoparki maxsus sanoat zonasi direksiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

A.Qayumov, O‘zA