English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati delegatsiyasi Orenburgda
16:43 / 2022-07-14

Jizzax viloyati hokimligi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatiga bordi.

Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ikki tomonlama aloqalarni o‘rnatish, savdo-iqtisodiy va madaniyat sohalarida hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashdan iborat. 

Tashrifning ilk kunida Orenburg viloyati hukumati raisining iqtisodiy va investitsiya siyosati bo‘yicha o‘rinbosari Ignat Petuxov hamda Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Nodir Nurmatov boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari dasturga muvofiq “Petrovskiy” ulgurji savdo majmuasida Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistondan olib kelingan qishloq xo‘jaligi va mevalarning savdosi bilan yaqindan tanishtirildi.

A.QAYUMOV, O‘zA