Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati: amaliyot, tahlil va samara
12:51 / 2020-09-11

Xalq deputlari viloyat kengashining ushbu oʻrganish yakunlariga bagʻishlangan sessiyasi boʻlib oʻtdi.


Oliy Majlis Senati yalpi majlisiga Jizzax viloyati xokimining xududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari maxalliy Kengashlari faoliyati xaqidagi xisoboti masalasini tayyorlash boʻyicha senatorlar, Senat devoni va vazirlik, idoralar xodimlaridan iborat ishchi gurux qariyib bir hafta davomida komleks oʻrganish olib bordi.

Xalq deputlari viloyat kengashining ushbu oʻrganish yakunlariga bagʻishlangan sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyani xalq deputatlari viloyat kengashi raisi, viloyat hokimi Ergash Soliyev boshqarib bordi. Audio aloqa shaklida oʻtgan sessiya ishida shahar va tuman kengashlari deputatlari ishtirok etdi.

Ishchi guruhi tomonidan olib borilgan oʻrganishlarda viloyatda byudjet, iqtisodiy isloxotlar, qishloq xoʻjaligi, kommunal soha, yoʻl qurilishi va transport infratuzilmasi, ijtimoiy soha, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishlaridagi ishlar tahliliga eʼtibor qaratildi.

Sessiyada Oliy Majlis Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organi faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi Tolibjon Madumarov oʻrganishlar davomida bajarilgan ishlar bilan birga, hali yechimini kutayotgan masalalarga alohida eʼtibor qaratilganligini taʼkidladi. Ishchi guruh oʻrganishlarida hududlardagi sektorlar faoliyatiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, xotin-qizlar muammolarini hal etish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash borasida viloyatda bajarilgan ishlar boʻyicha axborot eshitildi.

Bundan tashqari, yirik investitsiya loyihalar ijrosi, turizmni rivojlantirish, bandlik, pandemiya sharoitida umumtaʼlim maktablarida dars jarayonlarini tashkil etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar muhokamalar markazida boʻldi.

Sessiyada muxokama etilgan masalalar, muammolar ularning yechimlari yuzasidan deputatlar, faollar oʻz fikr va mulohazalarini bildirdi.

Sessiya yakunida koʻrilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.