French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyat IIB xabarlari – qisqa satrlarda
19:23 / 2025-12-16

Do‘stlik tumanining IIB YHXB xodimlari bilan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi ishchi-xodimlari va haydovchilari ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda korxona ishchilariga xizmat va shaxsiy avtomashinalarining kuz-qish mavsumiga tayorgarligi, avtomashina shinalari, oyna tozalagichi yaqin va uzoqni yorituvchi chiroqlarini ko‘zdan kechirish hamda yo‘llarda harakatlanish vaqtida yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishlari yuzasidan tushunchalar berildi.  

Shuningdek, yo‘llarni qor va muzlamalardan tozalash uchun hozirlangan texnikalar ko‘rikdan o‘tkazilib, haydovchilarga hushyor va o‘z xavfsizligiga e’tiborli bo‘lishga da’vat qilindi.

***

Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan Jizzax shahri hududida harakatlanayotgan, Sharof Rashidov tumani Mulkanlik mahallasida yashovchi fuqaroning qo‘l yuklari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, taxminiy qiymati 1 million 250 ming so‘mlik bo‘lgan 50 quti (3 ming dona) “Treniya” nomli pirotexnika vositasini olib ketayotganligi aniqlangan.

Hujjatlashtirish tartibida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli jarima jazolari tayinlandi.

***

G‘allaorol tumani IIB JXX HPB xodimlari tomonidan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri davomida G‘allaorol tumani “Lalimikor” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 52-sonli umumta’lim maktab o‘quvchisi, 2008 yilda tug‘ilgan A.Sh. tumandagi G‘ofur G‘ulom MFY hududida ko‘zdan kechirilganda, sumkasidan taxminiy qiymati 75 ming so‘m bo‘lgan 5 quti (250 dona) “Treniya” nomli pirotexnika vositalarini olib kelayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan uning otasi Z.A.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima jazosi tayinlandi.

***

Xalqimiz Yangi yil bayramini nishonlashiga sanoqli kunlar qolgan bir paytda, Jizzax viloyati ichki ishlar organlari tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat IIB boshlig‘i Jizzax shahri, Baxmal va Forish tumanlarida jamoat joylari va yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Joylarda mutasaddi rahbarlar bilan o‘tkazilgan muloqotlarda Yangi yil bayramini tinch va osoyishta o‘tkazish, aholining xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Bayram tadbirlarini o‘tkazishda barcha xavfsizlik talablariga rioya etish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar qat’iy nazoratga olindi.

***

Jizzax viloyati IIB sohaviy xizmatlari xodimlari ishtirokida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.  

Tadbirda Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi direktori o‘rinbosari Ma’mura Yusupova o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan atoqli shoir, dramaturg, olim, adib va jamoat arbobi Hamid Olimjonning hayoti va ijodi xususida so‘z yuritdi.  

Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘i xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishlari lozimligini ta’kidlab, bir guruh xodimlarga ichki ishlar vaziri hamda viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan navbatdagi maxsus unvonlarni topshirdi.  

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri