Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax va Yaroslavl o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
11:04 / 2022-05-28

Rasmiy tashrif bilan Jizzaxga kelgan Rossiya Federatsiyasining Yaroslavl viloyat dumasi raisi Mixail Borovitskiy boshchiligidagi delegatsiya viloyat hokimi qabulida bo‘ldi.

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev boshchiligida viloyat hokimining o‘rinbosarlari hamda “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) rahbari qatnashgan uchrashuvda Jizzax va Yaroslavl viloyatlari o‘rtasida savdo va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga oid ko‘p tomonlama masalalar atroflicha muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida Rossiya delegatsiyasi a’zolari Jizzax viloyati hokimligi anjumanlar saroyidagi iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi imkoniyatlari aks etgan ko‘rgazmalar hamda Jizzax “IT Park” filiali faoliyati bilan tanishtirildi.

Shundan so‘ng rossiyalik nufuzli mehmonlar “Jizzax” EIZdagi korxonalar faoliyati, u yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlar va yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

A.QAYUMOV, 
J.YORBEKOV (surat) O‘zA