Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax tog‘larining eng so‘lim go‘shalaridan birida qad ko‘targan alohida dam olish maskani tibbiyot xodimlari uchun tuhfa qilinadi
15:57 / 2025-11-10

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.

Tibbiyot xodimlariga barcha turdagi davlat xizmatlarining to‘lovi 2 karra kamaytiriladi. Bunga qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratiladi.

– Agar tibbiyot xodimi oilasi va farzandlariga ko‘proq vaqt ajratsa, o‘z ustida chuqurroq ishlasa, shaxsiy rivojlanish, kasbiga bo‘lgan muhabbat, eng muhimi, ishidagi sifat va unum yanada oshadi.  

Shuning uchun kelgusi yil 1 apreldan davlat tibbiy muassasalaridagi oyliklarni to‘liq saqlab qolgan holda ish haftasini hozirgi olti kunlikdan besh kunlikka o‘tkazamiz, –dedi davlatimiz rahbari.

Jizzax tog‘larining eng so‘lim go‘shalaridan birida qad ko‘targan alohida dam olish maskani tibbiyot xodimlari uchun tuhfa qilinadi.

O‘zA