Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari YHXB boshliqlari lavozimidan ozod qilindi
17:14 / 2023-07-28

Farg‘ona shahrida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Prezidentimiz yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar ahvolidan xalqimiz mutlaqo noroziligini ta’kidladi.  

Masalan, o‘tgan olti oyning o‘zida 4 mingga yaqin avto-avariyalar sodir etilib, 873 nafar shaxs vafot etgan, 3,5 mingdan ortig‘i jarohat olgan.  

–E’tibor bering, 48 foiz avariyalarning sababi yo‘l infratuzilmasidagi kamchiliklar hisoblanadi.Vaziyatni yaxshilash bo‘yicha “O‘zavtoyo‘l” va hokimliklarning mas’uliyati umuman sezilmayapti. Ular faqat asfalt yotqizish bilan ovora, harakat xavfsizligi esa e’tibordan chetda qolib ketgan,–- dedi davlat rahbari.  

Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi rahbari O.Saidovga hayfsan berildi. Shuningdek, Jizzax, Surxondaryo  va Xorazm viloyatlari YHXB boshliqlari lavozimidan ozod qilindi.  

O‘zA