Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax shahar hokimligi binosi karantinga olindi
14:55 / 2020-07-07

Jizzaxda shahar hokimligi binosi karantinga olindi.

Jizzaxda shahar hokimligi binosi karantinga olindi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, soʻnggi kunlarda Jizzaxda koronavirus infeksiyasining koʻpayganligi tufayli hududda virus tarqalishining oldini olish maqsadida yoʻllanma asosida shahar hokimi Akbar Shukurov topshirigʻi bilan hokimlik xodimlari COVID-19 testidan oʻtkazilgan.

Oʻtkazilgan test natijalariga koʻra, Jizzax shahar hokimligi xodimlari va rahbariyatidan koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan.

Ammo “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash markazi” Jizzax shahar boʻlimining 1 nafar xodimida COVID-19 infeksiyasi aniqlanganligi sababli “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash markazi” Jizzax shahar boʻlimi va shahar hokimligi binosi karantinga olingan.

Ayni paytda hokimlik xodimlari oʻz ishlarini masofadan turib davom ettirmoqda.