Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax politexnika institutida “Karera kuni” o‘tkazildi
18:59 / 2021-04-07

Jizzax politexnika institutida viloyat hokimligi, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyati filiali bilan hamkorlikda “Karera kuni – 2021” – mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida oliy ta’lim muassasa bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash, tavsiya etish va joylashtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda institut bitiruvchilari va ish beruvchilar qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga binoan Oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha institutda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishda hududdagi turli korxonalar bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

[gallery-1944]

Joriy yilda institutni bakalavriat darajasidagi 20 ta va magistratura darajasidagi 8 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 1 ming 243 nafar mutaxassis bitirib chiqayotir.

Mehnat yarmarkasida davlat fuqarolik xizmati tizimiga kiruvchi 20 ga yaqin hududiy davlat organlari va tashkilotlari, Jizzax erkin iqtisodiy zonasi va uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar hamda 60 ga yaqin ishlab chiqaruvchi, aloqa korxonalari ishtirok etdi.

Yarmarkada Jizzax akkumulyator zavodi, Jizzax viloyat yagona buyurtmachi “Injiniring” kompaniyasi, Jizzax viloyat hududiy elektr tarmoqlari AJ, “Jizzaxavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish korxonasi va uning bo‘linmalari, Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi, “Jizzaxpaxtasanoat” MCHJ, “Jizzaxdonmahsulotlari” AJ, “O‘ztransgaz” AJ Jizzax viloyat filiali, viloyat “Suvoqova” davlat unitar korxonasi kabi yirik ish beruvchilar yosh mutaxassislar uchun bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etdi.

Tadbir davomida bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularning kelgusidagi ish o‘rinlarini aniqlash maqsadida yirik korxonalarning o‘rinlari taqdimoti o‘tkazildi, ish beruvchilar bilan bitiruvchilarning bevosita suhbatlari bo‘ldi. Uch tomonlama shartnoma imzolandi.

Ishtirokchilar “Karera kuni” doirasida o‘tkazilgan tadbirlar institut, bitiruvchi va ish beruvchilar uchun ham foydali va amaliy ahamiyatga ega bo‘lganligini e’tirof etishdi.

T.Beknazarov, J. Yorbekov (surat), O‘zA