French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax politexnika instituti talabasi viloyatda birinchi bo‘ldi
22:33 / 2023-12-04

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli ko‘rsatmasiga asosan, 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan aksilkorrupsiya oyligi doirasida Jizzax politexnika institutida bir qator tadbirlar hamda tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovlarda hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, taqdirlanmoqda.  

Shuningdek, Jizzax viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy agentligi tashabbusi bilan “Korrupsiya – jamiyat kushandasi” mavzusida o‘tkazilgan tanlovning “Eng yaxshi banner yoki tasviriy san’at asari” yo‘nalishida Servis fakulteti 512-21 guruhi talabasi Uzoqova Xonzoda Komil qizi o‘zining “Antikorrupsiya” asari bilan ishtirok yetib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

Bugun viloyat hokimligida mazkur tanlov g‘oliblari va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zA