Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax politexnika instituti Osiyodagi TOP-800 talikdan joy oldi
11:55 / 2023-11-09

Keyingi yillarda davlatimiz tomonidan oliy ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor natijasida oliy o‘quv yurtlarimiz yuqori ko‘rsatkichlarga erishmoqda. 2030 yilgacha oliy ta’lim tashkilotlarini dunyoning TOP-1000 talik ro‘yxatiga kiritishda ushbu reytinglardan o‘rin egallash muhim hisoblanadi.

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilayotgan “QS Highyer Education Summit Asia Pacific – 2023” sammiti doirasida QS reyting  tashkiloti Osiyo universitetlarining 2024 yil uchun reyting (QSAsia Univyersity Rankings – 2024) natijalarini e’lon qildi.

Ushbu reyting natijalariga ko‘ra, mamlakatimizning 6 ta hududidan 14 ta oliy ta’lim muassasasi TOP-1000 talikdagi Osiyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi.  

Ana shu ro‘yxatdan Jizzax politexnika instituti ham o‘rin olgani barcha jizzaxliklarga quvonch bag‘ishladi. JPI respublikamizdan ushbu reyting ro‘yxatiga kirgan 14 ta OTM orasida 9-o‘rindan joy egallagan.  

Osiyo oliy o‘quv yurtlari joriy yilda xalqaro tan olinganlik darajasi, ilmiy-tadqiqotlar rivoji,  ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik, akademik mobillik ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholangan.

A.Qayumov,

O‘zA muxbiri